Kontent qismiga oʻtish

Yahudiylar mahallasi (Samarqand)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

39°39′31″N 66°59′09″E / 39.65861°N 66.98583°E / 39.65861; 66.98583

Bizning zamonamizdagi Samarqandning yahudiy mahallasi koʻchalaridan biri
Hozirgi kundagi Samarqandning yahudiy mahallasi ko'chasi
Samarqandning yahudiy mahallasidagi yahudiy hammomi
Samarqand yahudiy mahallasidagi balkonli uy
Samarqandning yahudiylar mahallasidagi pochta boʻlimi
Samarqandning yahudiylar mahallasidagi tashlandiq uylardan biri
Kanesoi Gumbaz sinagoga devorlari

Samarqanddagi yahudiylar mahallasi va “Mahallai Sharq” nomi bilan ham tanilgan Samarqand shahrining sharqiy qismida joylashgan, Oʻzbekistondagi eng yirik mahallalardan biri. Markaziy Osiyodagi eng yirik ikki yahudiy mahallasidan biri(Buxorodagi yahudiy mahallasi bilan birga). Mahallada shahardagi Markaziy Osiyoda (Buxoro yoki Samarqand) yahudiylarining katta diasporasi yashagan.

Samarqandning boshqa meʼmoriy, arxeologik, diniy va madaniy yodgorliklari, obyektlari va mahallalari bilan birgalikda “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” nomi bilan YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Hozirggi kunda yahudiylar mahallasi hududi Samarqanddagi aholisi eng ko'p yashaydigan hudud hisoblanadi.

Samarqandning yahudiy mahallasi, shaharning mustaqil boshqariladigan qismi hisoblangan. Mahallaga “Kalontar” (yahudiy-tojik tilidan tarjima qilinganda "eng qadimgi") unvoniga ega boʻlgan Oʻrta Osiyo yahudiylarining vakili rahbarlik qilgan. Qoidaga ko'ra, kalontar lavozimiga obro' va hurmati baland, diniy ma'lumotga ega yahudiylar tayinlangan. Mahallaning oʻziga xos jamoat markazi boʻlib, u yerda markaziy ibodatxona, maktab, hammom, sartaroshxona, choyxona, turli hunarmandchilik ustaxonalari, jumladan, boʻyoqchilar, poyabzalchilar, toʻquvchilar ustaxonalari va doʻkonlari, zarur tovarlar sotiladigan kichik bozor bor edi. Bu mahallada aksariyat yahudiylarning ravvinlari va mashhur insonlari, jumladan, Zabexoi Samarqandiy, Rasibi Samarqandiy kabi yahudiy shoirlari, xonanda va sozandalar istiqomat qilishgan. XX asrning 20-yillarigacha yahudiylarga tegishli 20dan ortiq ibodatxonalari mavjud edi[1].

Yahudiy mahallasi Samarqand shahrining tarixiy hududining sharqiy qismida joylashgan. XX asr boshlarida Samarqandning yahudiy mahallasi asosan tojiklar istiqomat qiladigan Chokardiza, Shaxkash, Changʻavli, Obimashxad, Muborak va Imom Vose mahallalari hamda, jugilar (Oʻrta Osiyo loʻlilari) yashaydigan "Jugixon" mahallasi bilan chegaradosh edi. Hozirgi kundagi sobiq yirik yahudiy mahallalari hududlarini shartli ravishda shunday koʻrsatish mumkin:

  • mahallaning gʻarbiy chegarasi Islom Karimov koʻchasining janubiy qismi (2017-yilgacha Toshkent koʻchasi deb yuritilgan),
  • sharqiy chegarasi Gʻijduvon koʻchasi boʻylab oʻtadi,
  • janubiy chegarasi Vobkent koʻchasi boʻylab,
  • shimoliy chegarasi esa Shoxi-Zinda koʻchasi boʻylab oʻtadi.

1970-yillardan boshlab SSSRning turli burchaklaridan yahudiylarning ommaviy repatriatsiyasi boshlandi. Markaziy Osiyo ham bundan mustasno emas edi. Ketayotgan yahudiylar oʻz uylarini qoʻshni mahallalar va shaharning mahalliy samarqandlik tojiklarga sotishdi va 1990-yillarning oxiriga kelib, ulkan mahallaning etnik tarkibi keskin oʻzgardi. Mahallada tojiklar koʻpchilikni tashkil qildi. Biroq bir necha oʻnlab oilalar oʻz uylarini egallab olishdi. Oʻrta Osiyolik ayrim yahudiylar hamon mahallada yashashadi. 2000-yillarda ularning yarmi Isroilga, bir qismi AQSh, Kanada va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlariga, Avstraliyaga joʻnab ketdi. Hozirgi Samarqandning, bir paytlar yahudiylar yashaydigan ulkan mahallasida Oʻrta osiyolik yahudiylarning bir nechta oilalari istiqomat qiladi. “Kanesoy Gumbaz” (hozirgi kunda faoliyat koʻrsatayotgan ikkita sinagogadan biri) sinagogasi hozirgi kunda ham mavjud. Mahallada bitta yahudiy “Hammam Davudiy” hamomi faoliyat yuritadi. Hozirda o'tgan asrda shaharning yirik yahudiy mahallasi, maʼmuriy jihatdan bir necha mahallalarga boʻlingan. Bugungi kunda ushbu tarixiy mahalladagi koʻplab koʻcha va yoʻlaklarning bir nechtasida, shu mahallada istiqomat qilib o'tgan mashhur samarqandlik yahudiylarning nomlari bor. Hozirda yahudiy mahallasidagi qadimgi yahudiylarning uylari, Samarqandga tashrif buyurgan koʻplab sayyohlar uchun yotoqxona va mehmonxonaga aylantirilgan[2].

Har yili yahudiylarga tegishli bayramlar, tugʻilgan kunlar yoki oʻlimlar arafasida bu mahalladan Isroil, AQSH, Kanada, Avstraliya va Yevropaga ketgan yahudiylarning koʻpchiligikelishadi. Ko'chib ketgan yahudiylarning avlodlari Samarqandga, oʻz mahallalariga kelishadi va albatta oʻz ziyoratgohlariga tashrif buyurishadi. Bir paytlar mahalliy yahudiy aholi yashagan hozirgi Samarqand mahallasidagi ko'chib ketgan Isroil fuqarolari fuqorolarga 2018-yil fevralidan viza rejimi bekor qilingan edi. 2019-yil fevral oyidan boshlab Yevropaning barcha davlatlari, Kanada, Avstraliya va AQSh fuqarolari uchun viza olish soddalashtirildi. Hozirgi kunda ko'plab yahudiy sayyohlar Samarqandga sayohat qilgani kelishadi.

UNESCO bayrogʻi UNESCOning Butun jahon yodgorliklari, № 603 obyekti
rus. • ing. • fr.
  1. М. М. Абрамов. Каландарханинская часть // Гузары Самарканда. — Ташкент: «Узбекистан», 1989. — 56 с. — ISBN 5-640-00570-X.
  2. А. А. Ильхамов. Евреи среднеазиатские // Этнический атлас Узбекистана. — «ИООФС — Узбекистан», 2002. — С. 90 по 95. — 452 с. — ISBN 5-862800-10-7.