Yachiyo (Ibaraki)
Yachiyo 八千代町 | |
---|---|
shaharcha | |
36°10′53.8″N 139°53′28.0″E / 36.181611°N 139.891111°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Prefektura | Ibaraki |
Tuman | Yuki |
Maydon | 58.99 km2 (22.78 kv mi) |
Iqlim turi | nam tropik |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2020, oktyabr) |
20 882 kishi |
Vaqt mintaqasi | UTC+9 |
Telefon kodi | 0296-48-1111 |
|
Yachiyo (yaponcha: 八千代町 Yachiyo-machi ) Yaponiyaning Ibaraki prefekturasidagi shaharcha. 2020-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, shaharchaning 7,176 xonadonida 20,882 kishi istiqomat qiladi va shaharchaning har 1 km² maydoniga 354 kishi toʻgʻri keladi. 65 yoshdan oshganlar aholining 30.7% ini tashkil etadi[1]. Shaharcha hududi 58.99 km² hisoblanadi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yachiyo Ibaraki prefekturasining gʻarbiy qismida, deyarli Kanto tekisligining markazida joylashgan. Tokiodan taxminan 60 kilometr va Mito shahridagi prefektura markazidan taxminan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan. Shahardan hududidan Kinugava daryosi oqib oʻtadi.
Qoʻshni munitsiplalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yachiyo nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi salqin boʻlib, qorning kam yogʻishi bilan ajralib turadi. Yachiyoda oʻrtacha yillik harorat 14,9 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1394 mm, sentyabr yilning eng nam oyi hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,5°C atrofida , eng pasti esa yanvarda, 4,5°C atrofida boʻladi[2].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Yachiyo aholisi soʻnggi 70 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib kelmoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1950 | 26,486 | — |
1960 | 24,438 | −7.7% |
1970 | 21,945 | −10.2% |
1980 | 22,845 | +4.1% |
1990 | 24,351 | +6.6% |
2000 | 24,352 | +0.0% |
2010 | 23,106 | −5.1% |
2020 | 22,026 | −4.7% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Edo davrida Yachiyo atrofidagi hudud Shimosa provinsiyasining bir qismi boʻlgan. 1875-yilda Hitachi provinsiyasiga koʻchirildi.
1889-yil 1-aprelda Meydzi islohotidan keyin munitsipalitetlar tizimining yaratilishi bilan Ibaraki prefekturasining Yuki tumanida Nakayuki va Shimoyuki qishloqlari, shuningdek Okada tumanidagi Anjo, Makabe tumanidagi Kavanishi, Toyoda tumanida Nishitoyoda qishloqlari tashkil etildi. Bu besh qishloq birlashib, 1955-yil 1-yanvarda Yachiyo qishlogʻini tashkil etadi. Yachiyo 1972-yil 1-fevralda shaharcha maqomiga koʻtarildi.
Hukumati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yachiyo toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 14 aʼzodan iborat bir palatali shaharcha kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Yachiyo qoʻshni Joso bilan birgalikda Ibaraki prefekturasi assambleyasiga ikki a’zodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Ibaraki 7-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahalliy iqtisodiyotda qishloq xoʻjaligi ustunlik qiladi. Shaharcha oʻzining Xitoy karamini ishlab chiqarish bilan mashhur.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yachiyoda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 5 ta davlat boshlangʻich maktabi va 2 ta davlat oʻrta maktabi va Ibaraki prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi mavjud.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yachiyoda yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻq.
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taniqli yachiyoliklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sigeo Nakadzima, bokschi
- Hiroyuki Takasaki, professional futbolchi
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy veb-sayti (yaponcha)