Yaʼjuj va maʼjuj
Yaʼjuj va maʼjuj — iudaizm, xristianlik va islom dinlarida 2 yovvoyi xalqning nomi. Afsonalarda Ya'juj va Ma'jujlar uzun boʻyli, keng yagʻrinli, baʼzilarining qulogʻi butun gavdasini qoplab turadigan, qiyomat kuni olamni bosib olib, hammayoqni xarob qiluvchi dahshatli va behisob xalq sifatida tasvirlangan. Qurʼonda (18:94— 98) Zulqarnayn Ya'juj va Ma'jujlar yashaydigan joyga borib, bu xalqlarning yer yuziga yoyilib ketmasligi uchun 2 togʻ oraligʻiga toʻsiq qurdirgani bayon etiladi. Shunga qaramay ular har kecha toʻsiqni teshib oʻtishga harakat qilganlar, lekin Alloh azonda toʻsiqning teshilgan joyini qaytadan oʻz holiga keltirib qoʻygan. Shu sababli Ya'juj va Ma'jujlar toʻsiqni teshib oʻta olmaganlar. Islom rivoyatlariga koʻra, bu xalqlar qiyomat arafasida toʻsiqni teshib oʻtadi, yer yuziga yopirilib, barcha katta daryo va koʻllarning suvini ichib tugatadi, uchragan odamni yanchib, yoʻq qilib yuboradi. Yerni yengib endi samoni yengamiz deyishadi va samoga nayza otadi uni uchi qon bo'lib tushgani uchun Ya'jujva Ma'jujlar biz osmonni ham yengdik endi butkul yeru osmonga hukumdormiz deb o'ylashadi va usha kechasi ularga kasallik kelib hamma Ya'ju va Ma'jujlar qirilib ketadi. Jasadlarini hidi shunchalik bad-bo'y ediki yer yuzida nafas olib bo'lmasdi keyin Iso payg'ambar osmondan tushib xudodan bu hidlarni yoʻqotishini odamlarga zion yetkazayotganini soʻraydi shunda Alloh ogʻzi tuyaning boʻynidek keladigsn qushlarni joʻnatadi shunda qushlar ularni terib olib Alloh hohlagan joyga tashlaydi keyin Allohim baraka yoʻmgʻirini yuboradi juda kuchli yomgʻir yogʻadi uyalar ham qolmaydi soʻng yomgʻir tinib yerga baraka kiradi.Shunaqangi baraka keladiki bitta anorning poʻstlogʻida 7 kishi soyalanib dam olaladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Yaʼjuj va maʼjujga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- Сухайл Тармахомед. „Яджудж и Маджудж (Гог и Магог)“ (deadlink). Askimam.ru (2012-yil 4-iyun). 2013-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-iyul.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |