Kontent qismiga oʻtish

Xvan Man Gim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Man Gim Grigoryevich Xvan
Tavalludi 25-dekabr 1919-yil
Vafoti 12-iyul 1997-yil(1997-07-12)
(77 yoshda)
Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi KPSS MQ qoshidagi Oliy partiya maktabi
Bolalari Valeriy Timofeyevich Xvan, Stanislav Timofeyevich Xvan, Yevgeniy Timofeyevich Xvan, Grigoriy Mangimovich Xvan,
Timur Timofeyevich Xvan
Mukofotlari


SSSR Davlat mukofoti

Man Gim Grigoryevich Xvan, ismi Man-Gim shaklida ham yoziladi, norasmiy ismi – Timofey Grigoryevich (1919-yil 25-dekabr, Primorsk oʻlkasi, RSFSR – 1997-yil 12-iyul, Oʻzbekiston) – Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi „Politotdel“ (oʻzbekcha: Siyosiy boʻlim) kolxozi raisi, OʻzSSR partiya arbobi,Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957)[1]. Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti 6 ta chaqirigʻi deputati, OʻzSSR Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi aʼzosi. OʻzSSR Oliy Soveti Prezidiumi aʼzosi (1963—1985).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1919-yil 25-dekabrda Primorsk oʻlkasida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati koreys[1]. 1937-yilda oilasi bilan Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus aholi punktiga deportatsiya qilinadi[1].

Mehnat faoliyatini Yangiyoʻl paxta zavodida boshlagan. 1939-yildan turli iqtisodiy lavozimlarda ishlagan. 1947-yilda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi „Leninskiy put“ (oʻzbekcha: Lenin yoʻli) kolxoziga rais etib saylandi. 1951—1953-yillarda VKP (b) Yuqori Chirchiq tuman qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri boʻlgan. Bir muddat „Toshkent temir yoʻllari“ boshqaruvida ishlagan.

1953-yilda „Politotdel“ kolxozining raisi etib saylanadi. 1985-yilgacha ushbu lavozimda faoliyat olib borgan. „Politotdel“ kolxozini Toshkent viloyatidagi ilgʻor qishloq xoʻjaligi korxonalari safiga olib chiqadi va ushbu xizmatlari uchun 1957-yilda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi.

1960-yilda KPSS MQ qoshidagi Oliy partiya maktabini tamomlagan. 1980-yillar boshida Sotsialistik Mehnat Qahramoni Kan O Nam bilan birgalikda Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi va mamlakat yetakchisi Kim Il-sung bilan uchrashadi[2].

KPSS XXII, XXIII, XXIV, XXV, XXVI syezdlarida delegat, SSSR Kolxozlar kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, SSSR futbol federatsiyasi Prezidiumi aʼzosi etib saylangan.

1985-yilda u „paxta ishi“ boʻyicha hibsga olingan va qamoqqa hukm qilingan. Oqlanganidan keyin 1989-yilda ozodlikka chiqdi.

1997-yil 12-iyulda vafot etadi va sobiq „Politotdel“ (hozirgi „Doʻstlik“ fermer xoʻjaligi) kolxozi qabristoniga dafn etilgan.

  • Trudom, i tolko trudom (oʻzbekcha: Mehnat bilan, faqat mehnat bilan), 1962-yil;
  • Shchedraya zemlya (oʻzbekcha: Saxovatli yer), 1981-yil.

Olgan mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ten M. D. Biograficheskiy metod v ustnoy istorii. Vospominaniya o Xvan Man Gime // Sbornik statey „Ustnaya istoriya v Uzbekistane: teoriya i praktika“. Vip. I., Tashkent, 2011. S. 245—256