Xuxxoto
Qiyofa
Xuxxoto, XuxeXaoto (avvalgi nomi Guysuy) — Xitoyning shim. qismidagi shahar. Ichki Mongoliya muxtor rnining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,04 mln. kishi (1999). Pekin—Baotou t.yildagi yirik savdotransport chorrahasi. Mamlakatning muxim madaniyat va ilmiy markazlaridan. Qora metallurgiya, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi (koʻnteri, jun, goʻsht, shakarqand, un tortish) korxonalari ishlab turibdi. universitet bor. Hunarmandchilikda turli buyumlar ishlab chiqariladi. Shaharga 16-asrda asos solingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |