Xunays ibn Huzofa
Xunays ibn Huzofa | |
---|---|
Tavalludi |
Xunays ibn Huzofa |
Vafoti |
tax. 624 (hijriy 2) Madina, Hijoz |
Turmush oʻrtogʻi | Hafsa bint Umar |
Otasi | Huzofa ibn Qays |
Onasi | Doida bint Hizyom |
Xunays ibn Huzofa (arabcha: خنيس بن حذافة, hijriy 2, milodiy 624-yilda vafot etgan) – sahoba. Paygʻambar Muhammad bilan Madinaga hijrat qilganidan keyin oʻsha yerda vafot etgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xunays ibn Huzofa Makkadagi Quraysh qabilasining Sahm urugʻidan Huzofa ibn Qaysning oʻgʻli boʻlgan. Onasi Doida bint Hizyom ham Sahm qabilasidan edi[1]. Xunaysning Abdulloh va Qays ismli ikki ukasi boʻlgan[2].
Xunays ibn Huzofa Abu Bakr Siddiqning[3] taʼsiri ostida „Rasululloh sollallohu alayhi vasallam al-Arqam uyiga kirgunga qadar“ erta Islomni qabul qilgan[4].
616-yilda Xunays ikki ukasi, yetti nafar amakivachchalari va yana toʻrt nafar urugʻ aʼzolari bilan Habashistonga hijratga joʻnaydi[5]. 619-yilda fuqarolar himoyasida yoki yashirin tarzda Makkaga qaytganlar orasida edi[6]. Oradan koʻp oʻtmay Hafsa binti Umarga uylanadi[7], oʻsha paytda Xunays oʻn toʻrt yoshga toʻlgan edi[8].
Xalifa Umar 622-yilda Madinaga hijrat qilganida, Xunays va Hafsa unga hamrohlik qiladilar[9]. Avvaliga ular Rifaʼa ibn Abdulmunzirnng huzurida turadilar[10]. Paygʻambar Muhammad har bir musulmonga islomda birodar tutinishni buyurganda, Rifaʼa ibn Abdulmunzir Xunaysni Muhammad ibn Maslamaning kuyovi Abu Abs ibn Jabr[11] bilan birodar qilib qoʻyadi[12].
Xunays ibn Huzofa 624-yilning martida Badr jangida ishtirok etgan Sahm urugʻining yagona aʼzosi edi[13].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xunayz ibn Huzofa 624-yilning avgust oyi oxirida vafot etgan va Baqi’ qabristoniga dafn etilgan. Muhammad uning dafn marosimida shaxsan ishtirok etgan[14].
Xunays ibn Huzofadan avlod qolmagan[15]. Uning bevasi Hafsa keyinchalik Muhammad paygʻambarga turmushga chiqqan[16].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 307. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Muhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, pp. 147-148. Oxford: Oxford University Press.
- ↑ Ibn Ishaq/Guillaume p. 116.
- ↑ Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 307.
- ↑ Ibn Ishaq/Guillaume pp. 147-148.
- ↑ Ibn Ishaq/Guillaume p. 168.
- ↑ Ibn Ishaq/Guillaume p. 218.
- ↑ Muhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 56. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Ibn Ishaq/Guillaume p. 218.
- ↑ Ibn Ishaq/Guillaume p. 218. Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 307.
- ↑ Ibn Saad/Bewley vol. 3 pp. 307, 353.
- ↑ Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 352.
- ↑ Ibn Ishaq/Guillaume p. 329.
- ↑ Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 307.
- ↑ Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 307.
- ↑ Ibn Hisham note 918.