Xronos
Xronos (qadimgi yunoncha: Χρόνος „vaqt“) — Suqrot davrigacha boʻlgan falsafa va keyingi davr adabiyotida vaqt timsoli sifatida aks ettiriladi. Orfik teogoniyada mavjud, Eter, Xaos va Erebus kelib chiqishiga sabab boʻlgan. Orfiklar orasida keksaymaydigan Xronos, shuningdek, Gerakl va Ajdarho-Ilon[1] deb ham ataladi. Musayga bagʻishlangan orfik madhiyada yodga olingan (29-misra). Ota xori [2] .
Siroslik Feresidesga koʻra, Xronos uch tamoyillaridan biri boʻlib, oʻz urugʻidan olov, pnevma, ya]ni ruh va suvni yaratgan[3].
Taʼriflardan biriga koʻra, Xaos bizning boshlangʻich Borliqdagi eng qadimgi narsa — Vaqtni paydo qilgan. Ellinlar, ya]ni yunonlar uni Xronos deb atashgan. Va u vaqtda hamma narsa oʻz vaqtida sodir boʻlgan, chunki fazo endigina paydo boʻlgan edi. Xronos uchta unsur — olov, havo va suvni yaratgan. Lekin bu Yer paydo boʻlgandan keyin sodir boʻlgan[4] .
Keyinchalik Kronos [5][6][7] bilan nomlarning uygʻunligi asosida bir xil, ayni deb qaralgan.
Afsonaviy kosmogoniya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Orfik kosmogoniyada Xronos Eter va Xaosni paydo qiladi, soʻngra, ulardan kumush tuxum yasaydi. Undan xudolarning birinchi avlodidan biri Fanet (uning boshqa ismlari — Eros, Metis, Erikapey) chiqib, xudolarining ilk avlodini dunyoga keltirgan.
„Yetti kitob“ muallifi Siroslik Ferekidlar xudolarning dastlabki uchligi: Zas (Zevs — Efir), Xtoniya (tartibsizlik, yerosti chuqurliklari) va Xronos (vaqt)ning abadiyligini tan oldi. Xronosning urugʻi xudolarning birinchi avlodi yaratiladigan maxfiy idishga joylashtirilgan [8].
Qadrlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimgi yunon Afinasida: birinchi oyning oʻn ikkinchi kuni (Hecatombeon) xudo Xronosga bagʻishlangan bayramlar oʻtkazilgan[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Орфика, fr. 54, 57 Kern
- ↑ Нонн. Deyaniya Dionisa, II, 422
- ↑ Ferekid Sirosskiy, fr. V1 Dils-Krans
- ↑ Kun N. A. „Legendi i mifi Drevney Gresii“
- ↑ Апион u Klimenta Rimskogo. Gomilii VI 5 = Orfika, fr. 56 Kern
- ↑ Цицерон. O prirode bogov II 64
- ↑ Плутарх. Rimskie voprosi 12
- ↑ G. S. Kirk, J. E. Raven and M. Schofield. The Presocratic Philosophers. Cambridge University Press, 2003 — 24,-bet.
- ↑ Климишин 1990.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Klimishin I. A. Kalendar i xronologiya. — Izd. 3. — M.: Nauka. Gl. red. fiz.-mat. lit., 1990. — 478 s. — 105 000 ekz. — ISBN 5-02-014354-5.