Xromatlar
Qiyofa
Xromatlar — xromat kislotalarning tuzlari. Ishqoriy muhitda barqaror; kislotali muhitda dixromat larta aylanadi. Kaliy xromat va natriy xromat muxim ahamiyatga ega. Kaliy xromat K2CrO4— sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 968,3°, zichligi 2,732 g/sm3, suvda yaxshi eriydi. Natriy xromat Na2Cr04 — sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 790°, zichligi 2,72 g/sm3; gigroskopik, suvda yaxshi eriydi. Kaliy va natriy X. kimyoviy reaktiv sifatida, gazlamalarni ohorlashda, teri sanoatida, urugʻni dorilashda, yogʻochni konservatsiyalashda ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |