Xristofor Kushvaryov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Xristofor Stepanovich Kushvaryov [1890.23.5 (4.6), Simferopol — 1960.25.1, Leningrad] — arman kompozitori, musiqashunos va pedagog. Armaniston (1939) va Oʻzbekiston (1943) da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, professor (1939). Petrograd universiteti (1916) va Leningrad konservatoriyasi (1925)ni tugatgan. Tiflis musiqa instituti va konservatoriyasi (1921—23), Leningrad konservatoriyasi (1925—60)da garmoniya, polifoniya va kompozitsiyadan daryo bergan.1944—49 yillarda Armaniston Fanlar akademiyasining musiqa tarixi va nazariyasi boʻlimida ilmiy xodim va mudir. Arman musiqa merosini nazariy tadqiq qilib, Sharq xalqlari mumtoz asarlarining kompleks taqliliga asos yaratgan K. organ, violonchel uchun asarlar, arman xalq kuylari asosida xorlar, spektakllarga musiqalar yaratgan. 1941—43 yillar Oʻzbekistonda yashab, Toʻychi hofiz Toshmuhamedov, Us t a Olim Komilov va M. Turgʻunboyevapar ijodini oʻrgangan. Oʻzbek raqslari usullari haqida maqolalar yozgan. M. Leviyev, T. Sodiqov, M. Burhonov, M. Vasimov va boshqa oʻzbek kompozitorlarining ustozi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Voprosi istorii i teorii armyanskoy monodicheskoy muziki, M., 1958.[1]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |