Xoral
Xoral (lot. cantus choralis — xor ijrochiligi) — Yevropa professional musiqasining ilk shakli, bir ovozli cherkov xori ijrosiga moʻljallangan diniy (xristian) mazmundagi asar. Qogozga tushirilgan ilk nusxalari 8— 9-asrlarga taalluklidir. Klassitsizm davrigacha X. koʻp ovozli musiqa (xususan, polifoniya)nang asosiy manbai vazifasini bajargan. X. kuylarini qayta ishlash yoʻli bilan 10—17 a.lardagi koʻpgina musiqa janrlari va shakllari qaror topdi (organum, antifon, responsoriy, motet, messa, kantata, X. prelyudiyask, X.fantaziyasn va boshqalar). I.S. Bax, G.F. Gendel, V.A. Motsart, P. Chaykovskiy, S. Taneyev, S. Raxmaninov, oʻzbek kompozitorlaridan M. Burhonov, Ik. Akbarov, M. Tojiyev va boshqaX.ning badiiyifodaviy imkoniyatlaridan ijodiy foydalanishgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |