Kontent qismiga oʻtish

Xolboy Ibraimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xolboy Ibragimovich Ibraimov
Tavalludi 20-yanvar 1957-yil (1957-01-20) (67 yosh)
Payariq tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pedagog
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Samarqand davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor, akademik
Mukofotlari

Xolboy Ibragimovich Ibraimov (1957-yil 20-yanvar, Payariq tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor, akademik[1].

Xolboy Ibraimov 1957-yil 20-yanvar Payariq tumanida tugʻilgan[2]. 1979-yilda Samarqand davlat pedagogika institutini tugatgan. 1979—2003-yillarda Samarqand davlat universiteti psixoogiya kafedrasi katta oʻqituvchisi, dotsent, Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, Pedagogika va maktabgacha taʼlim kafedrasi mudiri, pedagogika fakulteti dekani, 2003—2004-yillarda Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, 2009-yilda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan[2]. Hozirda Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori sifatida faoliyat yurtimoqda[3]. 2010—2014-yillarda Oliy Majlis Senati aʼzosi boʻlgan.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xolboy Ibraimov 4 ta monografiya, 10 ta darslik va oʻquv qoʻllanma, 500 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[3]. Turon Fanlar akademiyasi akademigi (2013). Rossiya Psixologiya fanlari akademiyasi akademigi (2016).