Kontent qismiga oʻtish

Xo'jamayxona ota ziyoratgoxi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xoʻja Mayxona ota ziyoratgoxi – Xoʼjamayxona katta darada joylashgan boʼlib, suvi Machaydaryoga borib quyiladi. Xoʼjamayxonani birinchi bor koʼrgan kishi beixtiyor chuqur xayolga botadi. Asrlar osha ana shu suvning bir maromda oqishi kishini ajab-lantiradi. Xoʼjamayxonani minglab qariyalar, sarkardalar, din peshvolari, shayx va hojilar kelib, ziyorat qilib ketgan. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Sohibqiron Amir Temur ham ushbu ziyoratgohga kelib, ziyorat qilgan. Xoʼjamayxonada Boysundan borishda chap tomonda Hazrati Bahovuddin Balogardon chillaga oʼtirgan joylari, oʼng tomonida esa Hazrati Mil Kulol chillaga oʼtirgan joylari belgisi bor. Xoʼjamayxona mozorining atrofi qalin daraxtlar bilan oʼralgan. Suv zovning tubidan chiqib, aylanib 3 ta togʼ zinasi orqali daryoga qoʼshiladi[1]. Tabiiy paydo boʼlgan bu 40 m li zinalar xuddi maxsus yasalgan zinalarga oʼxshaydi. Lekin, ming afsus boʼlsinki, hozirgi vaqtda bu zinalar qattiq, shikastlangan. Yaponiyalik olimlarning yozishicha, Xoʼjamayxona suvi Osiyo qitasidagi eng toza, filtrlangan, shifobaxsh suv boʼlib, inson aʼzosiga foydali bulgan temir va oltin moddalari mavjud ekan. Xoʼjamayxona deb nomlangan bu manzil oʼz tabiy-manzarasi, xush navosi, suvining tiniq, totli va shifobaxshligi bilan kishini hayratga soladi. Keksalarning aytishicha, Xoʼjamayxona suvi bilan Machaydaryo suvi oʼrtasida bogʼliqlik bor ekan. Negaki, Machaydaryo suvi tosh-sa, Xoʼjamayxona suvi ham toshar, kamaysa, kamayar ekan. Irkutsklik gʼorshunoslar bu yerda ancha fursat turib, Xoʼjamayxonaning ajib jumboqlari haqida bosh qotirdilar. Favvos kiyimlarini kiyib, Hoʼjamayxona yonida joylashgan va oʼsha yerdan suv oqib kelayotgan gʼopra kirib, qariyb 2 km masofa ichkari yurib bordilar. Ularning aytishlariga qaraganda, gʼor ogʼzida katta koʼl suvlari mavjud boʼlib, ichkariga qarab borgan sayin bu koʼllar oʼrniga shiddat bilan gʼuvullab oqayotgan suvga duch kelish mumkin. Yana shuni aytish lozimki, gʼor tubi koʼrinmaydi, taxminan 10 km dan ortiqroq ichkariga qarab choʼzilgan ekan. Xoʼjamayxona ota paygʼambarimiz Muhammad alayhissalom amakivachchalari va kuyovlari boʼlmish hazrati Alining ajdodlaridan boʼlishi ehtimoldan xoli emas. Xoʼjamayxona haqidagi tarixiy manbalar xozirgacha bizga yetib kelgan emas[2].