Xira sirt
Qiyofa
Xira sirt — oʻlchamlari koʻrinuvchi yorugʻlikning toʻlqin uzunliga (380—760 nm yoki 3800—7600°A) ga yaqin boʻlgan mikroskopik notekisliklarga ega sirt. Xira sirtga yorugʻlik tushganda undan diffuz qaytadi, yaʼni har tarafga sochiladi (yorugʻlik silliq sirtdan xuddi koʻzgudan qaytgandek toʻgʻri yoʻnalishda qaytadi). Yorugʻlikning tushish burchagi uncha katta boʻlmagan (Z60—70°) hollarda Lambert qonuni taxminan toʻgʻri keladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |