Kontent qismiga oʻtish

Xinaguldoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xinaguldoshlar (Balsaminaceae) - xinagulnamolar qabilasiga mansub oila. Poyasi sersuv. Barglari oddiy, patsimon tomirli, navbatlashib yoki qaramaqarshi joylashgan, yon bargchasiz. Gullari zigomorf, ikki jinsli. Kosachabarglari 5 ta. Mevasi biror tashqi taʼsirot natijasida atrofga sochilib ketadigan koʻsakcha, baʼzan rezavor. X.ning toʻrt turkumi va 600 ga yaqin turi bor. Ular, asosan, Osiyo, Afrikaning tropik qismida, baʼzi vakillari Yevropa va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonda X.ning 2 yovvoyi va 1 madaniy turi tarqalgan. Xinaguldoshlar vakillaridan gulxina yoki bogʻxina, choʻpxina ekiladi.