Xibin togʻlari
Xibin togʻlari (fin tilida: xibin — kichik tepa maʼnosini anglatadi) — Kola yarim oroldagi togʻ massivi. Rossiya Federatsiyasi Murmansk viloyatida. Maydoni 1300 km², eng baland joyi 1191 metr Plato shaklida boʻlib atrofi botqoklashgan pastbaland tekislik. Togʻ tundrasi mavjud. Togʻ yon bagʻirlari va etaklari igna bargli oʻrmon va past boʻyli qayinzorlar bilan krplangan. Ayrim joylarida muzlik va qorliklar bor. Qor koʻchkilari tez-tez kuzatiladi. Yovvoyi hayvonlardan lemming, qutb tulkisi, tundra kakligi, oq boyoʻgʻli yashaydi. Xibin togʻlari intruziv massivi, nefelin, siyenitlardan tashkil topgan. Boy apatitnefelin rudalari konlari ochilgan. Ular negizida apatit sanoati yuzaga kelgan. Vudyevrchor togʻida dunyodagi yagona qutbalp botanika bogʻi joylashgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |