Xett podsholigi
Xett podsholigi — Kichik Osiyodagi qadimgi davlat (miloddan avvalgi 18—12-asr boshlari). Tarkibiga xettlar, xettlar va boshqa etnik guruhlar kirgan. Xettlar podshosi Anittas davri (taxminan XVIII asr)da Anatoliyaning baʼzi viloyatlari birlasha boshlagan. U Nesa, Xattusas shaharlarini bosib olgan. Kussar shahrini poytaxt qilgan. Qadimgi xett sulolasining asoschisi — Labarna (XVII asr boshlari) Xett podsholigi hududini kengaytirgan. Labarnaning vorisi Xattusilis I davri (XVII asr oʻrtalari)da Kichik Osiyoning shimolidagi Salpa shahri va Kichik Osiyoning bir qancha jan.sharqiy viloyatlari batamom bosib olingan. U poytaxtni Xattusasga koʻchirgan. Xattusilis I ning oʻgʻli Mursilis I (XVII asr oxiri) davrida Xett podsholigining harbiy qudrati nihoyatda oshgan. 14—12-asrlarda Xett podsholari Shimoliy Suriya va Shimoliy Mesopotamiyada yashaydigan xurriy qabilalardan boʻlgan. Podsho Suppiluliumas I (14-asr boshlari) uzoq davom etgan urushlardan keyin Mitanni (Shim. Mesopotamiyadagi qad. davlat)ni bosib olgan. Ugarit (Shimoliy Finikiyadagi qad. shahardavlat)ni oʻz vassaliga aylantirgan. Mursilis II hukmronligi (14-asr oxiri)dan boshlab Xett podsholigi bilan Misr oʻrtasida Suriya uchun kurash ketgan. 13-asr oxiri — 12-asr boshlarida Xett podsholigi oʻzaro urushlar, qaram viloyatlar va ittifoqdosh podsholiklarning ajralib ketishi tufayli inqirozga uchragan. Qad. Xett podsholigining oxirgi yirik podshosi Telepinu (16-asr oxiri) boʻlgan. Kichik Osiyoning sharqiga jan. va gʻarbdan xalqdarning koʻchib kelishi bilan podsholik barxam topgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |