Kontent qismiga oʻtish

Xayit Toʻrayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xayit Toʻrayev
Tavalludi 25-may 1957-yil (1957-05-25) (67 yosh)
Boysun tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Termiz davlat universiteti
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Ilmiy darajasi kimyo fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Xayit Xudaynazarovich Toʻrayev (1957-yil 25-may, Boysun tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekison SSR) — oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, professor.

Xayit Toʻrayev 1957-yil 25-may Boysun tumanida tugʻilgan[1]. 1983-yilda Toshkent politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetini tugatgan. 1983—1985-yillarda Termiz davlat pedagogika instituti yoshlar qoʻmitasi raisi, 1985—1988-yilarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi instituti aspiranti, 1988—1991-yillarda Termiz davlat pedagogika instituti kimyo kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1991—1996-yillarda Termiz davlat universiteti anorganik va analitik kimyo kafedrasi mudiri, 1996—1999-yillarda Termiz davlat universiteti doktoranti, 1999—2005-yillarda Termiz davlat universiteti anorganik va analitik kimyo kafedrasi mudiri, 2005—2010-yillarda Termiz davlat universiteti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻyicha prorektori, 2010—2012-yillarda Termiz davlat universiteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor vazifasini bajaruvchi, 2012-yildan buyon Termiz davlat universiteti kimyo fakulteti dekani[1]. 2014-yil 2-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining kimyo va farmatsevtika fanlari boʻyicha ekspert kengashi aʼzosi[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985—1988-yillarda aspiranturada, 1995—1998-yillarda doktoranturada tahsil olgan. 1990-yilda „Ditiofosfat kislotasi hosilalari yordamida nodir metallar ekstraksiyasi va ularni radioaktivatsiya usulida aniqlash“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1998-yili „Nodir metallarning tarkibida oltingugurt va fosfor boʻlgan ligandlar bilan koordinatsion birikmalari va ularni ekstraksiya-sorbsiya metodlari yordamida ajratish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. 2005-yildan noorganik kimyo ixtisosligi boʻyicha professor. Xayit Toʻrayevning nodir metallar kimyosi va analiziga bagʻishlangan 860 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan boʻlib, shundan 2 ta darslik, 8 ta oʻquv-metodik qoʻllanmalar, 14 ta monografiya, 5 ta mualliflik guvohnomasi, 6 ta patentlaridir. 2021-yil „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan[1].

Xayit Xudaynazarovich Turayev nodir metallar ekstraksiyasi va sorbsiyasi sohasidagi hamda sulfidli minerallar tarkibidan nodir metallarni aniqlashning neytron-aktivatsion va ekstraksion-radiometrik usullarini ishlab chiqqan taniqli olimdir.[2]

X.X.Turayevning nodir metallar kimyosi va analiziga bagʻishlangan 860 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan boʻlib, shundan: 2 ta darslik, 8 ta oʻquv-metodik qoʻllanmalar, 14 ta monografiya, 5 ta mualliflik guvohnomasi (Moskva), 6 ta OʻzR patentlaridir. Shuningdek, u 82 ta xalqaro, MDH va respublika ilmiy anjumanlarida oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etgan. Jumladan, an’anaviy oʻtkaziladigan platina metallari kimyosi, analizi va texnologiyasi boʻyicha I.I.Chernyaev xalqaro kengashi (Krasnoyarsk, 2013; Yekaterinburg, 2016; Moskva, 2019) va koordinatsion kimyo boʻyicha xalqaro Chugayev konferensiyasi (Kazan, 2014; Nijniy Novgorod, 2017; Kranodarsk 2021) ning doimiy a’zosi va faol ishtirokchisidir. Shuningdek, D.I.Mendeleyevning ХIХ, ХХ va ХХI (Volgograd, 2011; Yekaterinburg, 2016; Sankt-Peterburg, 2019) s’yezdlarida, “Platina metallari zamonaviy sanoatda, vodorod energetikasi va kelajakda hayotni ta’minlovchi sohalarda” (Isroil, Tel-Aviv, 2014), IYUPAKning 100 yilligiga bagʻishlangan “Eritmalar kimyosi” (Xitoy, Sinxay, 2019) va nodir metallar kimyosi boʻyicha (Avstriya, Vena, 2021) xalqaro konferensiyalarida oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.

Termiz davlat universitetida an’anaviy ravishda oʻtkaziladigan  akademik A.Gʻ.Gʻaniyev  nomidagi (2002, 2005, 2008, 2011, 2014, 2017, 2020, 2022-y.y.) “Analitik kimyoning dolzarb muammolari” Respublika ilmiy-amaliy anjumanining doimiy tashkilotchisi.

Xayit Xudaynazarovich Turayev Respublikamizda ilmiy, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashda ham oʻzining hissasini qoʻshmoqda, jumladan, uning ilmiy rahbarligida 6 nafar fan doktorlari (DSc), 24 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD) tayyorlangan. Hozirgi kunda esa X.Turayev 6 nafar tayanch doktorantlar va 4 nafar doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.  

Shuningdek, Xayit Xudaynazarovich Turayevning rahbarligida 9 nafar Ulugʻbek nomidagi Davlat stipendiatlari, 2 nafar “Yurt kelajagi” Respublika yoshlar tanlovi  gʻoliblariva 1 nafar “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sohibasi tayyorlangan.

Uning ilmiy-tadqiqotlari natijalari Respublikamiz sanoat korxonalarida joriy qilinib, katta iqtisodiy foyda bermoqda. U 2008-2009-yillarda bajarilgan “Xonjiza polimetall koni rudalari tarkibidagi mis va kumush metallarini kontsentrlash va ajratib olish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi Davlat innovatsion granti,  2007-2011-yillarda  “Tarkibida kislorod, oltingugurt va fosfor boʻlgan ekstragentlar sintezi va ularning nodir metallar bilan koordinatsion birikmalari” mavzusidagi Davlat fundamental granti,  2011-2012-yillarda “Portland sement sanoati uchun Beshbuloq ohaktoshlari va Xoʻjaikon gips zahiralari asosida kimyoviy xom-ashyolar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi  Davlat innovatsion granti, 2012-2014-yillarda    “Zamonaviy yadro - fizikaviy metodlar yordamida gidrometallurgiya korxonalari chiqindi eritmalari tarkibidagi nodir metallarni kontsentrlash va ajratish” mavzusidagi amaliy , 2012-2016-yillarda  “Toʻrtlamchi azot va fosfor birikmalari asosida binar ekstragentlar sintezi va ularning nodir metallar bilan koordinatsion birikmalari” mavzusidagi  fundamental, 2017-2020-yillarda OT-F7-34-sonli “Kompleks hosil qiluvchi polifunksional ionitlar sintezi va ular yordamida ba’zi d-metallarni ajratishning nazariy asoslari” mavzusidagifundamental, 2018-2020-yillarda PZ-20170926176-sonli “Surxondaryo viloyatida yerosti shoʻr suvlari tarkibidagi yod va uning birikmalarini ajratib olish” mavzusidagi maqsadli amaliy,  2021-2022-yillarga moʻljallangan BT-I-101-sonli“ Mahalliy  xom ashyo  asosida polivinilxloriddan (PVX) buyumlari ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi innovatsion    2021-2023  yillarga moʻljallangan A-OT-2021-22-sonli “Minerallashgan quvur, fiting, panel va pol qoplamalari ishlab chiqishning innovatsion texnologiyasini yaratish” mavzusidagi amaliy Davlat  granti  ilmiy rahbaridir.    

X.X.Turayevning ilmiy-tadqiqotlari natijalari Respublikamiz ishlab chiqarish korxonalarida joriy qilinib, katta iqtisodiy foyda bermoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan 30-sonli yigʻilish bayonnomasi Qaroriga asosan X.Turayev hamda uning shogirdlari tomonidan yaratilgan 4 ta ilmiy ishlanmalar tijoratlashtirilib, Oltinsoy tumani “Yoshlar innovatsion ishlab chiqarish zonasi”da tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalarida  mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Ushbu ilmiy ishlanmalar uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan bir yilga jami 6,2 mlrd. soʻm ajratilgan.

Surxondaryolik  iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning ilmiy-tadqiqot ishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadidaXayit Xudaynazarovich Turayev tashabbusi va sa’yi-harakatlari bilan Termiz davlat universitetida kimyo fanlari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi 2 ta ixtisoslashgan ilmiy kengash tashkil qilingan,  2022-2023 oʻquv yili qabuli uchun esa kimyo fakultetida 3 ta yangi bakalavriat ta’lim yoʻnalishi va 1 ta magistratura mutaxassisligi ochildi.  

Turayev Xayit Xudaynazarovich 2021-yil “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi”  esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Yurtimizning nurli istiqbolini belgilaydigan yoshlarni tarbiyalashda, kimyo ta’limi, ilmi va fanini yuksaklarga koʻtarishdagi samarali mehnatlari uchun Surxondaryo viloyati hokimining va 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Faxriy yorligʻlari bilan taqdirlangan.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet. 
  2. „taniqliolimlar“.