Kontent qismiga oʻtish

Xavf ostida qoldirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xavf ostida qoldirish (huquqda) — shaxsga qarshi jinoyatlardan biri; hayoti yoki sogʻligʻi xavf ostida qolgan va oʻzini oʻzi himoya qilish imkoniyatidan mahrum boʻlgan shaxsga yordam koʻrsatmaslik. Fuqaro shaxsni Xavf ostida qoldirishq.ni shartli ravishda 2 ga boʻlish mumkin: 1) fuqaro yordamiga muhtoj shaxsga yordam berishi shart va bunday imkoniyatga ega boʻlgan hollar. Mas, onaning oʻz bolasi haqida gʻamxoʻrlik qilish majburiyati, xizmat vazifasidan kelib chiqadigan majburiyat, qutqaruvchining majburiyati va hokazo; 2) fuqaro yordamiga muhtoj shaxsga gʻamxoʻrlik qilishi shart boʻlmagan, ammo u shaxsni hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli ahvolga tushirib qoʻygan hollar. Mas, suzishni bilmaydigan odamni suvga tashlab yuborish, avtotransport vositasi bilan bosib ketish natijasida hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli holda qoldirish va hokazo. Xavf ostida qoldirishq. natijasida shaxsni hayoti va sogʻligʻi xavfli ahvolga tushib qolishi eʼtiborga olinib, Xavf ostida qoldirishq. jinoiy norma sifatida Oʻzbekiston Respublikasi JKga kiritilgan va tegishli jazo belgilangan (117-modda).