Kontent qismiga oʻtish

Xartum (burun)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xartum – sudralib yuruvchi (masalan, yumshoq toshbaqa) va sut emizuvchilar (koʻpchilik hasharotxoʻrlar, tapir, ayrim kurakoyoklilar, fil va boshqalar) tumshugʻining uzaygan burun qismi. Burun teshiklari X. uchiga ochilgan. Nafas olish, hid bilish va tuygʻu funksiyasini bajaradi. X. fillarda yaxshi rivojlangan. Fil X.i burunning chuzilib, yuqori lab bilan qoʻshilib oʻsishidan hosil boʻlgan. Fil X.i uchidagi barmoqsimon oʻsimtasi yordamida ozigʻini qamrab oladi, uni paypaslab koʻradi va buyumlarni tutib turadi. Baʼzi umurtqasiz hayvonlardagi soʻrish vazifasini bajaruvchi tananing koʻrinishi oʻzgargan oldingi kismi yoki uning oʻsimtasi ham X. deb ataladi. Ayrim turbellyariyalar, nemertinlar, xartumli zuluklar va qorinoyokli mollyuskalar X. i yordamida oʻljasini jonsizlantiradi va ushlaydi, shuningdek, oʻzini himoya qiladi. Parazit chuvalchanglar ilmoq X.i yordamida ichak devoriga yopishib oladi. Fil X.i bilan soʻrib olgan suvni ogziga yuboradi.