Kontent qismiga oʻtish

Xariuslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xariuslar (Thymallidae) – losossimon baliqlar turkumining oilasi. Uzunligi 25-30 sm vazni 500 g, baʼzan undan ortiqroq. Tanasi qalin tangachalar bilan qoplangan. Orqa suzgichi uzun, koʻpincha chiroyli rangli. Yon chiziqlari, jagʻlari rivojlangan. Yevropa, Shimoliy Osiyo va Shimoliy Amerika daryolarida yashaydi. 1 urugʻi 6 turi maʼlum. Oʻrta Osiyo daryolarida uchramaydi. Odatda, tubi shagal toshli daryolarda tarqalgan. Hasharotlar va ular lichinkasi, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, mayda balikdar bilan oziqlanadi. 3-4 yilda voyaga yetadi. May – iyunda shagʻal toshli suv tubiga 3—36 ming uvildiriq tashlaydi. Xarius mahalliy aholi tomonidan va sport maqsadida ovlanadi.