Kontent qismiga oʻtish

Xarajatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xarajatlar – ishlab chiqariladigan mahsulot yoki koʻrsatiladigan xizmat hajmiga bogʻliq boʻlgan chiqimlar, (masalan, materiallar, xomashyo sotib olish, xodimlar mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq sarflar). Toʻliq (umumiy, yalpi) Xarajatlar – doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlar yigʻindisi; bevosita ishlab chiqarish xarajatlari (aniq bir mahsulotni ishlab chiqarish bilan bogʻliq va uning tannarxiga kiritiladigan chiqimlar), ekspluatatsiya xarajatlari – mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalardan foydalanish bilan bogʻliq chiqimlar. Muomala xarajatlarga qoʻshimcha muomala chiqimlari (ishlab chiqish jarayonlarini muomala sohasida davom etishi – qadoqlash, saqlash, sotiladigan joyga eltish va boshqa bilan bogʻliq) va sof muomala chiqimlari (bevosita oldi-sotdi operatsiyalari bilan bogʻliq) xarajatlar kiradi. Muomala xarajatlar, odatda, isteʼmolchilar uchun (transportekspeditorlik chiqimlari, bojxona boji toʻlash, port soliq va yigʻimlarini toʻlash, bank xizmatlari uchun chiqimlar, vakillik xarajatlari), ishlab chiqaruvchilar uchun (savdo-sotiq boʻlinmasini saqlash, marketing tadqiqotlari, reklama, transportekspeditorlik chiqimlari, vositachilarga haq toʻlash, sotishdan oldingi servis va texnika xizmati uchun chiqimlar, bank operatsiyalari boʻyicha xarajatlar, vakillik xarajatlari va boshqalar) va savdo uchun (tovarni xarid qilish, tashish, saqlash va sotish bilan bogʻliq chiqimlar) alohida hisob kitob qilinadi.

Resurslardan foydalanish samaradorligini taxdil qilishda „muqobil xarajatlar“ tushunchasi (agar hozirgi mavjud ishlab chiqarish oʻrniga muqobil ishlab chiqarish boʻlganida olinishi mumkin boʻlgan qiymat) qoʻllanadi. Bu xarajatlarga foizlar va mulkdorga toʻlanadigan haq ham kiritiladi. Xarajatlarni qisqartirish foydani koʻpaytirishning muhim talabi hisoblanadi.