Xalqaro yoga kuni
Xalqaro yoga kuni | |
---|---|
Rasmiy nomi | International Day of Yoga |
Sana | 21-iyun |
Xalqaro yoga kuni har yili 2015-yil 21-iyundan buyon nishonlanadi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2014-yilda asos solinadi. Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga 21-iyun Xalqaro yoga kunini nishonlash taklifi bilan chiqadi, chunki bu Shimoliy yarimsharda yilning eng uzun kuni (yozgi quyosh tutilishi) va dunyoning ko‘pgina yerlarida alohida ahamiyatga ega.
Yoga Hindistonda paydo bo‘lgan qadimiy jismoniy, aqliy va ruhiy amaliyotdir. "Yoga" so‘zi sanskrit tilidan kelib chiqqan bo‘lib, "bog‘lanish" yoki "aloqa" degan ma’noni anglatib, tana va ongning uyg‘unligini anglatadi. Xalqaro yoga kuni butun dunyo bo‘ylab yoganing ko‘plab afzalliklari haqida xabardorlikni oshirishga yo‘naltirilgan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro yoga kunini ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror loyihasi Hindiston tomonidan taklif kiritilgan va rekord darajadashi davlat-a’zolari tomonidan ma’qullangan, mazkur hujjatni 175 delegasiya qo‘llab-quvvatlagan. Bu taklifni ilk bor Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi BMT Bosh Assambleyasining 69-sessiyasi ochilishida shunday degan edi: “Yoga bizning qadimiy an’analarimizdan bebaho tuhfadir[2].
Yoga ruh va tananing, ong va harakatning uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan. Bu barcha jihatlarni muvofiqlashtirish muhimdir. Ushbu murakkab yondashuv bizning sog‘lig‘imiz va farovonligimiz uchun juda qadrli. Yoga nafaqat jismoniy mashqlar to‘plami; bu insonning o‘zi, dunyo va tabiat bilan uyg‘un bo‘lishga yo‘l ochishdir[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Речь Премьер-министра Индии (на Wayback Machine)“. 2016-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-dekabr.
- ↑ „ООН назначила Международный день йоги“. 2016-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-iyun.
- ↑ [https://www.un.org/ru/observances/yoga-day „Международный день йоги 21 июня“].