Xalqaro mehnatkashlar kuni
Xalqaro mehnatkashlar kuni ishchilar bayrami boʻlib, har yili 1-may kuni nishonlanadi. Bayramda ishchilar va ularning kasaba uyushmalari koʻchada yurish, namoyishlar oʻtkazishadi. 1-may 80 dan ortiq mamlakatda rasmiy milliy bayramdir, boshqa mamlakatlarda norasmiy nishonlanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1886-yili Chikago, AQShda politsiya 8 soatlik ish kunini talab qilayotgan ishchilar mitingini oʻqqa tutib, shafqatsizlik bilan tarqatdi (namoyishchilar olomonidan nomaʼlum kimsa politsiyaga qarata dinamit uloqtirganidan soʻng). Oʻnlab odamlar halok boʻldi, shu jumladan politsiya xodimlari ham.[1][2] Shu fojeani 1889-yili Parijda oʻtayotgan qurultoyda xotirlab, 1890-yili xalqaro eʼtirozlar oʻtkazish taklifi oʻrtaga tashlandi. Keyinchalik, 1904-yili Amsterdamda Xalqaro Ijtimoiy Konferensiyada 1-may kunida barcha proletariat ish tashlashi taklifi eʼlon qilindi. Koʻp mamlakatlarda ishchilar sinfi 1-mayni dam olish kuni, deb tan olinishiga muvaffaqiyatli urindi.
Oʻta oʻng-qanot siyosat yurituvchi partiya va hukumatlar (Portugaliya, Uchinchi reyx, Franco Ispaniyasi va hokazo) 1-mayni nishonlashni bekor qilishgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ODMP Remembers..., Officer Down Memorial Page
- ↑ "Roots of May Day are in Chicago"[sayt ishlamaydi], Chicago Tribune
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1-may qoʻshiqlari (Wayback Machine saytida 2017-06-22 sanasida arxivlangan)(ingl.)
Vikiomborda Xalqaro mehnatkashlar kuni haqida turkum mavjud |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |