Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro havo huquqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro havo huquqi — xalqaro huquq subyektlari o‘rtasida havo bo‘shlig‘idan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi va uning huquqiy rejimini belgilab beruvchi maxsus prinsiplar, norma va institutlar majmuini o‘zida mujassam etgan, xalqaro huquqning nisbatan yangi tarmog‘i hisoblanadi. U davlat hududi tarkibidagi havo kengliklarida rejim qanday  bo‘lishi kerakligi masalasida davlatlarning pozitsiyasi (havo kemalari parvozi uchun erkiniik yoki davlat suvereniteti ostida)ni uzil-kesil aniqlashda muhim rol o‘ynadi.

Asosiy prinsiplari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro havo huquqi ikkita asosiy prinsipga, yaʼni umumiy xalqaro huquqning  asosiy prinsiplari va maxsus prinsiplarga bo‘linadi.

Xalqaro havo huquqining maxsus prinsiplariga quyidagilar kiradi:

  • Davlatning o‘z hududi doirasidagi havo bo‘shlig‘iga nisbatan suvereniteti prinsipi;
  • Davlat hududiga kirmaydigan havo bo‘shlig‘idagi parvozlar erkinligi prinsipi;
  • Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligi prinsipi.

Asosiy manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro havo huquqining asosiy manbalari:

  1. 1944-yildagi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Chikago konvensiyasi [1];
  2. Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga oid bir qator bitimlar;
  3. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining aktlari. Mazkur tashkilotga dunyoning deyarli barcha davlatlari aʼzo hisoblanadi. Ko‘plab hujjatlar, standartlar, „xalqaro aviatsiya reglamentlari“ ushbu tashkilot faoliyat jarayonining ishlanmalar kiradi[2].

Mustasno holatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, amalda maʼlum bir hududni kesib oʻtish uchun quyidagi holatlarda ruxsat berish mumkin:

  • muntazam xalqaro parvozlar — ikki yoki undan ortiq davlatlarning kelishuvi asosidagi, belgilangan havo yoʻllarida doimiy amalga oshiriladigan aviatashkilotlar havo kcmalarining parvozlari;
  • nomuntazam xalqaro parvozlar — davlatlar havo kemalari
  • tomonidan am alga oshiriladigan doimiy bomagan parvozlar;
  • tranzit xalqaro parvozlar — xorijiy davlat hududini kesib o‘tuvchi, unga qo‘nadigan yoki qo‘nm aydigan havo kem alarining parvozlari[3].

Xalqaro huquqda bir davlat hududida kesib oʻtish uchun ushbu davlatning roziligisiz imkonsiz va bu xalqaro huquq normalarini bevosita buzilishi hisoblanib Xalqaro sud darajasigacha yoki Xavfsizlik kengashi darajasigacha koʻtarilishi mumkin.

  1. „Chicago convention“. ICAO. Uniting Aviation. Qaraldi: 15-dekabr 2022-yil.
  2. Xalqaro huquq, TDYU nashriyoti, Toshkent: TDYU jamoasi, 2018 — 450-bet. 
  3. Saidov, Akmal. Xalqaro huquq. Toshkent: IIV Akademiyasi, 2012 — 278-bet.