Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro harbiy tribunal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro harbiy tribunalIkkinchi jahon urushi bosh harbiy jinoyatchilarining aybini ochish va jazolash boʻyicha tuzilgan xalqaro sud organi. Xalqaro harbiy tribunalt. fashistlar Germaniyasi tomonida turib jang qilgan Yevropa mamlakatlarining asosiy harbiy jinoyatchilarini jazolash uchun 1945-yil 8-avgustda AQSH, Buyuk Britaniya, SSSR va Fransiya davlatlari oʻrtasidagi London bitimiga muvofiq tuzilgan (qarang Nyurnberg sud jarayoni). Uzoq Sharq uchun yapon bosh harbiy jinoyatchilari ustidan sud olib borish maqsadida Xalqaro harbiy tribunalt. 1946-yil 19-yanvarda ittifoqchi hukumatlar oʻrtasidagi muzokaralar natijasida tuzilgan (Tokio tribunali).

BMTning Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga muvofiq, 1993 — 1994-yilda Ruanda va Yugoslaviya boʻyicha xalqaro tribunallar tashkil etildi[1].

  1. OʻzME