Xalkofil elementlar
Xalkofil elementlar (yun. chalkos — mis va phileo — sevaman) — norvegiyalik geokimyogar V.M. Goldshmit tasnifi boʻyicha Yer pusti va meteoritlarda uchraydigan sulfid rudalarining kimyoviy elementlari. Elementlar davriy sistemasining qoʻshimcha guruhidagi 19 elementdan iborat: Si, Ag, Ai, Zn, Cd, Hg, Ga, Ln, Tl, Po, Ge, Sn, Pb, As, Sb, Bi, S, Se, Te. Xalkofil elementlarning metallari S, Se, Tl ga oʻxshash. Bu elementlar tabiatda sulfidlar, selenidlar, telluridlar va sulfotuzlar (faqat qalaygina kassiterit SnO2) tarzida mavjud. Au, Ag, Si, As, S, Bi va boshqa ayrim Xalkofil elementlar tabiatda elementar holatda mavjud. Barcha Xalkofil elementlar Yer pusti massasining 0,046% inigina tashkil etadi, lekin muayyan sharoitlarda toʻplanish xususiyatiga ega boʻlganligidan ruda konlari, asosan, gidrotermal tomirli konlar hosil qiladi. Si, Ph, Zn va qisman Ag choʻkindi jinslarda stratiform (yaxlit) ruda yotqiziqlarini hosil qiladi. Sulfid rudalari (Xalkofil elementlarning Yer poʻstida toʻyingan shakdda uchrashi) rangli metallurgiyada va sanoatning boshqa sohalarida xom ashyo sifatida katta amaliy ahamiyatga ega[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |