Wendy Artin
Wendy Artin | |
Tavalludi | 1963-yil Boston |
Oqim | Akvarel, koʻmir |
Wendy Artin (1963-yil, Boston) — amerikalik rassom. U asosan akvarel va koʻmirda ishlaydi. Uning ishlari abstrakt va klassik boʻlib, yorugʻlikning meʼmorchilik va inson tanasidagi yuzalar bilan badiiy oʻzaro taʼsirini oʻrganadi.
Artin Newtonda (Massachusets shtati) oʻsgan. Yoshligida u koʻp vaqtini chet elda sayohat qilish va yashash koʻchalarda, kafelarda, muzeylarda eskizlar chizish bilan oʻtkazdi. U turmush oʻrtogʻi Bruno Boschin bilan Italiyaga sayohati vaqti Rimdagi Libreria del Viaggiatore kitob doʻkonida uchrashadi.
2023-yil 7-mart kuni Klassik arxitektura va sanʼat instituti (ICAA) Wendy Artinni Artur Ross mukofotining 2023-yilda gʻolibi ekanligini eʼlon qildi[1].
Sanʼatdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Artin jonli modelning erkin ifodali sanguin akvarellari bilan mashhur boʻlib, ular orqali u yoʻqlik, goʻzallik va tanani oʻrganadi. Shoir Jessica Fisher Roman Studio koʻrgazmasi katalogida yozganidek: „Tomoshabinni yaratish jarayoniga oʻziga tortadi, chunki u qayerda shaklni oʻqishni, qayerda salbiy boʻshliqni tanlaydi“.
Artin ijodining katta qismi haykallarga asoslangan. Artinning katta monoxromatik akvarel boʻyoqlarga asoslangan koʻrgazmalari Parfenon frizi Rimda, Bostonda va 2015-yilda Michigandagi Kelsi arxeologiya muzeyida Kristop kuratorligi ostida boʻlib oʻtgan[2].
Shoir Karl Kirchwey Artinning Parthenon kartinalaridan biri Frigiya qalpogʻidan ilhomlanib sheʼr yozgan.
2012-yilda rassom Erik Fischl tavsiyasiga koʻra Artin Arion „Delphi toshi“ kitobidagi yunon va rim mifologik siymolarning haykallaridan akvarel boʻyoqlari seriyasini yaratishga taklif qilindi.
Koʻrgazmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wendy Artin Gurari kollektsiyalari Bostonda (Massachusets, AQSh) va Parijdagi (Fransiya) Galerie du Passageda namoyish etiladi[3].
Artinning bir qancha davlat va xususiy kolleksiyalarida, jumladan, Tasviriy sanʼat muzeyi, Boston, Kelsi arxeologiya muzeyida asarlari bor.
Artinning 62 ta asari Boston jamoat kutubxonasining bosma va chizmalar toʻplamida.
Artinning 42 ta asari 2003-yilda Augustus Saint-Gaudens koʻrgazmasida namoyish etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The ICAA Announces Winners of the 2023 Arthur Ross Awards for Excellence in the Classical Tradition“. www.classicist.org. Qaraldi: 15-aprel 2024-yil.
- ↑ „The Parthenon Sculptures“. www.worldhistory.org. Qaraldi: 15-aprel 2024-yil.
- ↑ „Nos dernières expositions“. www.galeriedupassage.com. Qaraldi: 15-aprel 2024-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rocks, Paper, Memory: Wendy Artin's Watercolor Paintings of Ancient Sculptures, Exhibition at Kelsey Museum
- Wendy Artin: Translating Marble onto Paper, Arts Fuse review
- 62 Works by Wendy Artin in the Boston Public Library Collection of Prints and Drawings
- Wendy Artin: Révèle, review in the Delicious Line
- Wendy Artin and Seamus Heaney in Rome, review in Art In Print
- The New York Sun review of Stone from Delphi
- Seamless Expression Spotlight on Wendy Artin
- Roman Studio: Watercolor Paintings by Wendy Artin, review in Arts Fuse