Vorislik huquqi
Vorislik huquqi - vafot etgan shaxs meros boʻyicha huquqlari va majburiyatlarining vorislariga oʻtish tartibini belgilovchi xukuqiy meʼyorlar majmuasi; fuqarolik huquqining bir qismi. Fuqaroning vafotidan keyin vorislarga oʻtadigan mol-mulki meros mulk hisoblanadi. Vorislik vasiyat (qarang Vasiyatnoma) va qonun boʻyicha amalga oshiriladi. Meros tarkibiga meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan, uning oʻlimidan keyin ham bekor boʻlmaydigan barcha huquq va majburiyatlar kiradi. Ammo meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan huquq va majburiyatlar, xususan yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va b. tashkilotlarga aʼzolik, ularda ishtirok etish huquqi; pensiya, nafaqa va b. toʻlovlar olish huquqi; mulkiy huquqlar bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar meros tarkibiga kirmaydi. Vorislik toʻgʻrisidagi bu va b. umumiy qoidalar, jumladan umumiy birgalivdagi mulk boʻlgan mol-mulkni meros kilib olish, merosning ochilish payti va joyi. merosxoʻr boʻlishi mumkin boʻlgan fuqarolar, noloyiq merosxoʻrlarni merosdan chetlatish haqidagi qoidalar Oʻzbekiston" Respublikasi FK 1112—1119-moddalarida belgilab berilgan. Meros qoldiruvchiningʻ bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) vafotidan keyin tugʻilgan bolalari teng ulushlarda qonun boʻyicha 1-navbatdagi V.huquqiga ega boʻladilar. Oʻzbekiston Respublikasi FK 1136—1141 -moddalarida yana 2,3, 4, 5-navbatdagi V.lik huquqiga ega boʻlgan fuqarolar, avlodlar va b. sanab oʻtilgan, qonun boʻyicha merosxoʻrlar mana shu moddalarda nazarda tutilgan navbat tartibida vorislikka chaqiriladi. Merosdan majburiy ulush olish huquqi, meros olishda er (xotin)ning huquqi, qonun boʻyicha meros olinganda merosni muhofaza qilish va uni boshqarish haqidagi qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi FKda (1142—1144-moddalar) belgilangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |