Volokusha
Qiyofa
Volokusha (rus.) -1) bahorda ekin ekish oldidan shudgorning oʻnqirchoʻnqirlarini tekislaydigan qishloq xoʻjaligi quroli. Bir-biriga zanjirlar bilan bogʻlangan yogʻoch gʻoʻlalardan iborat; u kesaklarni maydalab tekislaydi va tuproqdagi namning bugʻlanib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan tuproq qatlamini hosil qiladi; 2) oʻrilgan pichai, bugʻdoy poxollarini, yulingan gʻoʻzapoyalarni toʻplab, gʻaramga tashish uchun moʻljallangan qishloq xoʻjaligi quroli. Tirkama va oʻrnatma xillari bor. Oʻrnatma xili keng tarqalgan. Uning asosiy qismlari: xaskash apparati, oldingi oʻng va chap kronshteynlar, suruvchi bruslar va koʻtarish mexanizmi. Koʻtarish mexanizmi traktor shassisidagi gidrotsilindrlar yordamida ishlaydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |