Kontent qismiga oʻtish

Volodymyr Yemets

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Volodymyr Yemets
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Volodymyr Oleksandrovych Yemets
Tavallud sanasi 3-aprel 1937-yil
Tavallud joyi Nikopol, Ukraina SSR
Vafot sanasi 9-noyabr 1987-yil(1987-11-09)
(50 yoshda)
Vafot joyi Kishinyov, Moldova SSR
Ampluasi Himoyachi / Murabbiy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1956 Metalurh Dnipropetrovsk 4 (0)
1956–1964 Trubnik Nikopol 33 (4)
Boshqargan klublari
1965 Trubnik Nikopol (yordamchi)
1966–1970 Trubnik Nikopol
1971–1981 Kolos Nikopol
1981–1986 Dnipro Dnipropetrovsk
1987 Nistru Chișinău
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Volodimir Oleksandrovich Yemets (ukraincha: Володимир Олександрович Ємець; 1937-yil 3-aprel – 1987-yil 9-noyabr) – ukrainalik futbolchi va murabbiy.

1937-yil 3-aprelda Ukraina SSR, Dnepropetrovsk viloyati, Nikopol shahrida tugʻilgan.

Volodimir 1956-yilda Dnepropetrovskning „Metallurg“ jamoasi tarkibida futbol oʻynashni boshlagan va u bilan 4 ta oʻyin oʻtkazgan. 1956-yilda u oʻzining tugʻilgan joyi Nikopolga, mahalliy Trubnik jamoasiga qaytib kelgan. Jamoa safida 8 yil davomida 33 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. 1964-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

1965-yilda u murabbiylikka oʻtib, Trubnik murabbiylaridan biriga aylangan. 1966-yilda jamoa bosh murabbiyi boʻlgan. 1971-yilda Trubnik oʻz nomini Kolosga oʻzgartirgan. 1981-yilgacha Yemets jamoani boshqargan Gennadiy Jizdik bilan tandemda bosh murabbiy boʻlib qolgan.

1981-yilda Gennadiy Jizdik bilan birga Dneprga (sobiq Metallurg) jamoasiga oʻtgan. Oʻsha paytda Dnepropetrovsk jamoasi Oliy ligaga endigina qaytgan va ligadagi oʻrtacha darjadagi jamoa va yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritmagan edi. Biroq, havas qilsa arziydigan taktik tuygʻu va jamoani birlashtirish qobiliyati Yemets va Jizdikga Dneprni chuqur inqirozdan olib chiqishga, keyin esa jamoani SSSR chempionatining oltin va qoʻsh bronza medallariga olib chiqishga imkon bergan.

1987-yilda mavsum boshida boshlangan muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli „Dnepr“ klubini tark etgan. Dneprdan keyin (Jizdiksiz) Yemets Kishinyovdagi Nistru jamoasida ishlagan.

U 1987-yil 9 noyabrda Kishinyovda 1987-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinidan soʻng darhol yurak xurujidan vafot etgan. U Dneprdagi Sursko-Litovsk qabristoniga dafn etilgan.

Dnepr
  • SSSR chempioni: 1983-yil
  • SSSR chempionatining bronza medali sovrindori (2): 1984, 1985
  • SSSR futbol federatsiyasi kubogi gʻolibi: 1986-yil
  • Ukraina SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy;
  • Moldaviya SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy;
  • Ukraina SSR Oliy Kengashi Prezidiumining diplomi;
  • Ukraina SSR Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy yorligʻi;
  • „SSSR jismoniy tarbiya aʼlochisi“ koʻkrak nishoni;
  • „Sport jasorati“ faxriy koʻkrak nishoni – Lenin komsomolining eng yuqori mukofoti;
  • Ukrainada xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya xodim
  • Dnepr[1], Nikopol va Chernigov[2] koʻchalaridan biriga Vladimir Yemets nomi berilgan.
  • Vladimir Aleksandrovich xotirasiga bagʻishlangan oʻyin har yili Dneprda boʻlib oʻtadi[3][4].
  1. „На окраине Днепропетровска появились улицы Емца, Жиздика и Лобановского“ (ru). Gorod.dp.ua. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
  2. „улица Владимира Емца Никополь, Днепропетровская область, Украина“. yandex.ua.[sayt ishlamaydi]
  3. „Храним память, бережём традиции“ (ru). www.fcdnipro.ua. 2018-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
  4. „Матч памяти легендарного тренера“ (ru). www.fcdnipro.ua. 2018-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.