Kontent qismiga oʻtish

Voleybol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi — xalqaro voleybol musobaqalarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Boshqaruvchi tashkilot Oʻzbekiston Voleybol Federatsiyasi hisoblanadi.

O‘zbekistonda voleybol 1928-yilda paydo bo‘lgan. 1940-yildan boshlab Toshkentning turli jamoalari SSSR chempionatlarida qatnasha boshlashiga qaramay, ishtirokchilar yaxshi natija qayd eta olmagan. Hattoki, 1954-1961-yillarda ittifoq chempionatlari butunlay O‘zbekiston vakillari ishtirokisiz o‘tkazilgan.

1960-yillarning oʻrtalariga kelib Respublikada ayollar voleyboliga qiziqish orta boshladi. Bu jarayon Toshkentda „Spartak“ ayollar volebol jamoasining paydo boʻlishi („Avtomobilist“ — jamoaning 1970-yildan boshlab o‘zgargan yangi nomi) bilan bogʻliq. 1972-yildan „Avtomobilist“ oliy liga jamoalari o‘rtasidagi SSSR chempionatlarining doimiy ishtirokchisi bo‘lib kelgan.

Toshkent jamoasi 1970-yillarning o‘rtalarida murabbiy A.Izroilov boshchiligida o‘zining eng yaxshi natijalariga erishgan bo‘lsa, 1977-yilda SSSR chempionatida yuqori 4-o‘rinni egallab, 1978-yili SSSR kubogi sohibiga aylangan. „Avtomobilist“ning bir qator voleybolchilari SSSR terma jamoasi aʼzolari hisoblangan. Xususan, ular orasida Vera Duyunova (ikki karra Olimpiya chempioni, jahon chempioni), Larisa Pavlova (Moskva Olimpiadasi chempioni), Yelena Petrunina va Olga Belova (Yevropa chempionlari) kabi mahoratli o‘yinchilarni alohida taʼkidlash lozim.

O‘zbekiston SSR ayollar terma jamoasi voleybol bo‘yicha SSSR xalqlari Spartakiadasining barcha (to‘qqizta) turnirida qatnashgan. Eng yaxshi natija — 1975- va 1986-yillarda qayd etilib, umumjamoa hisobida 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-yilda mamlakat voleybol federatsiyasi FIVB va AVC (Osiyo voleybol konfederatsiyasi) ga aʼzo bo‘lgan.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ilk bor xalqaro maydonga 1993-yil iyul oyida Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida chiqqan. Ikkita bosqichda ham o‘zbekistonlik voleybolchilar g‘alaba qozonib, 5-o‘rin uchun kechgan murosali bahsda Qozog‘iston terma jamoasiga imkoniyatni boy bergan va ikki marta mag‘lubiyatga uchragan.

Keyingi yillarda O‘zbekiston terma jamoasi 4 marta Osiyo chempionatlarida qatnashgan va 6-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmagan. 2007-yilning yakuniy qura jadvaliga ko‘ra 13-o‘rinni egallagan.

O‘zbekiston voleybolchilari 1997-yildan buyon jahon chempionatlarining saralash turnirlarida muntazam qatnashib kelishadi. Biroq jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashda mag‘lubiyatga uchraydi.

2009-yildan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi bitta rasmiy xalqaro o‘yin o‘tkazgan. 2013-yil 26-iyun kuni JCh—2014 saralash turnirida Hindiston terma jamoasiga uchta o‘yin natijasiga ko‘ra imkoniyatni boy bergan.

Terma jamoa ishtirokidagi natijalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon chempionatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yil — ishtirok etmagan;

1998-yil — saralash bosqichidan o‘ta olamagan;

2002-yil — saralash bosqichidan o‘ta olamagan;

2006-yil — saralash bosqichidan o‘ta olamagan;

2010-yil — saralash bosqichidan o‘ta olamagan;

2014-yil — saralash bosqichidan o‘ta olamagan;

2018-yil — ishtirok etmagan

2006-yilgi saralash bosqichi: murabbiy — Leonid Airapetyants, o‘yinchilar — Yevgeniya Shmitova, Liliya Karpova, Renata Trisheva, Yelena Klevtsova, Svetlana Ashurkova, Yelena Bezzubtseva, Polina Zborovskaya.

2010-yilgi saralash bosqichi: murabbiy — Leonid Airapetyants, o‘yinchilar — Gulnoza Rahimova, Kristina Tixomolova, Diana Matnazarova, Gulshoda Sodiqova, Agata Matyakubova, Anna Karamzina, Polina Zborovskaya, Svetlana Ashurkova, Yekaterina Melnikova, Odina Nazarova, Anastasiya Bezzubtseva, Jumagul Sotlikova.

2014-yilgi saralash bosqichi: murabbiy — Leonid Airapetyants, o‘yinchilar — Gulnoza Rahimova, Diana Matnazarova, Liliya Kim, Agata Matyakubova, Barhayoxon Umarova, Yuliya Sisoyeva, Saida Allamova, Mariya Kursheva, Elmira Rajabova, Svetlana Ashurkova.

Osiyo chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1993-yil — 6-o‘rin;
  • 1995-yil — ishtirok etmagan;
  • 1997-yil — 6-o‘rin;
  • 1999-yil — 7-o‘rin;
  • 2001-yil — ishtirok etmagan;
  • 2003-yil — ishtirok etmagan;
  • 2005-yil — ishtirok etmagan;
  • 2007-yil — 13-o‘rin;
  • 2009-yil — 12-o‘rin;
  • 2011-yil — ishtirok etmagan;
  • 2013-yil — ishtirok etmagan;
  • 2015-yil — ishtirok etmagan;
  • 2017-yil — ishtirok etmagan.
  • 2022-yil — 9-o‘rin [1]

A.Joldasboyeva, N.Reyimboeva va U.Turganboyeva – voleybol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibida 2021-yil dekabr oyida Dakka (Bangladesh) shahrida o‘tkazilgan “Challenge CUP” xalqaro turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi[2].

Markaziy Osiyo o‘yinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2Kumush medal sovrindori1995-, 1997-, 1999-yillarda 2-o‘rin.

O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2014 saralash turnirida (2013-yil iyun).

F.I.Sh Tug‘ilgan sanasi Bo‘yi Amplua Jamoa
1 Gulnoza Rahimova 1992 170 Libero Oʻzbekiston SKIF (Toshkent)
3 Diana Matnazarova 1987 175 Hujumchi Oʻzbekiston SKIF (Toshkent)
4 Liliya Kim Hujumchi Oʻzbekiston „Olimp-Navoiykollej“ (Navoiy)
5 Agata Matyakubova 1992 182 Markaziy o‘yinchi Oʻzbekiston SKIF (Toshkent)
6 Barhayoxon Umarova 1995 172 Hujumchi Oʻzbekiston SKIF (Toshkent)
7 Yuliya Sisoyeva Markaziy o‘yinchi Oʻzbekiston „Olimp-Navoiykollej“ (Navoiy)
8 Saida Allamova 1995 176 Hujumchi Oʻzbekiston SKIF (Toshkent)
9 Mariya Kursheva 1997 180 Bog‘lovchi o‘yinchi Oʻzbekiston SKIF (Toshkent)
10 Elmira Rajabova 1993 186 Hujumchi Oʻzbekiston SKIF (Toshkent)
11 Svetlana Ashurkova 1972 177 Bog‘lovchi o‘yinchi Oʻzbekiston SKIF (Toshkent)
  • Bosh murabbiy — Leonid Airapetyants.
  • Murabbiy — Muzaffar Yadgarov.