Kontent qismiga oʻtish

Vodiy shamoli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vodiy shamoli — togʻli oʻlkalardagi vodiylarda kunduzi vodiy boʻylab yuqoriga, kechasi yuqoridan pastga esadigan shamol. V. sh. kunduzi siyrak atmosferadan oʻtib tushadigan quyosh nurlari togʻ yon bagʻirlarini tez qizitib yuborishi natijasida togʻda erkin atmosferadagi shu balandlikdagi bosimga nisbatan bosimning kamayib ketishi natijasida vujudga keladi. Tunda togʻlarda uzun toʻlqinli nur (issiqlik) tarqalishi kuchli boʻlganidan havo tez sovib, ogʻir havo vodiy boʻylab pastga yoʻnaladi. V. sh. togʻ brizi deb ham ataladi.

VODIY-al-ARABA — Gʻarbiy Osiyodagi uzilma vodiy, Iordaniya va Isroil davlatlari chegarasida. Hor (Al-Hor) botigʻini (Ulik dengizdan jan. ga tomon) Qizil dengizning Aqaba qoʻltigʻi botigʻi bilan bogʻlaydi. Uzunligi 125 km chamasida, kengligi 10–20 km. Choʻl landshafti ustun; yogʻin 100 mm dan kam, mavsumiy daryolar bor. Xurmozorli vohalar uchraydi. Vodiy boʻylab Eylat — Tel-Aviv neft quvuri oʻtgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil