Vodiy muzligi
Vodiy muzligi - togʻ daryosi vodiysi boʻylab joylashgan muzlik. Muzlik shakli, harakteri va harakat yoʻnalishi vodiy bilan bogʻliq. V. m. morfologik jihatdan 2 qismga boʻlinadi: yuqori — toʻyinish qismi yoki firn havzasi, unda moddalar akkumulyatsiyasi ablyatsiyadan ortiqcha boʻladi va quyi qism — unda ablyatsiya akkumulyatsiyadan koʻproq boʻladi. V. m.ning ablyatsiya qismi muzlik tili deyiladi. Muzlik vodiyning qaysi qismini egallashiga qarab sirk (kar) tipidagi, alp tipidagi murakkab (yoki polisintetik) tip va qadimgi yoki dendrit tipidagi V. m.lari boʻladi. Firn havzasi boʻlmagan va qor koʻchkisi hamda yon bagʻirlardan qulab tushadigan muzlikdan toʻyinadigan V. m. turkiston tipi, dovondagi firp dalasidan togʻ tizmasining ikkala tomoniga oqib tushadigan muzlik qarmoq muzlik deyiladi.
V. m.ning togʻ muzliklari va muzlik qoplamlari oraligʻidagi oʻtkinchi shakllari, toʻrsimon muzlik yoki Shpitsbergen tipi, togʻ oldi yoki alyaska tipi ham buladi. Muzlik qoplamlari orasidagi V. m. t a -shqariga chiqadigan muzlik deyiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |