Vodevil
Qiyofa
Vodevil (frans. Vaudeville) - 1) naqarotli qoʻshiq (kuplet) va musiqa joʻrligida ijro etiladigan yengil hajviy pesa (komediya). Odatda, latifasimon mazmunga asoslanadi, baʼzan raqs bilan ijro etiladi. V. 18-asrning oxiridan boshlab Fransiya professional teatrining ommabop janri boʻlib qolgan, 19-asrda butun Yevropaga tarqalgan. Keyinchalik V. oʻrnini operetta, varete, myuzikxoll va b. janrlar egallagan; 2) hajviy opera, pesalar oxirida spektakl ishtirokchilarining tomoshabinlarga murojaat qilib aytadigan qoʻshigʻi. Unda shu asarning pand-nasihatomuz xulosasi hajv yoki hazil-mutoyiba shaklida ifodalanadi. Mas., S. Yudakovning "Maysaraning ishi" hajviy operasidagy V.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |