Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Shtern

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Aronovich Shtern
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 21-oktyabr 1942-yil
Tavallud joyi ToshkentOʻzSSR
Vafot sanasi 26-yanvar 2024-yil(2024-01-26)
(81 yoshda)
Vafot joyi ToshkentOʻzbekiston
Boʻyi 1.72
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1962—1964 Politodel
1964—1973 Paxtakor 242 (1)
1973 Andijanets
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vladimir Aronovich Shtern (1942-yil 21-oktyabr, Toshkent, OʻzSSR — 26-yanvar 2024-yil) – sovet futbolchisi, himoyachi, murabbiy. SSSR sport ustasi.

Millati Yahudiy, Toshkentda tugʻilgan, bir muddat Kirovogradda yashagan, Yakov Shklovskiydan dars olgan. "Paxtakor" maktabida Sergey Arutyunov qoʻl ostida shugʻullangan, 1960-yilda oʻrinbosarlar bahslarida oʻynagan. 1962-1964-yillarda Toshkent viloyatining „Paxtakor/Politodel“ jamoasida oʻynagan. 1964-1973-yillarda u „Paxtakor“ safida toʻp surgan, 242 ta oʻyin oʻtkazgan (201 tasi Oliy-ligada), bitta gol urgan – 1967-yil 21-sentyabrda „Zenit“ga qarshi mehmonda (2:2) jarima maydinchasi tashqarisadan zarba berib gol urgan. 1973-yilda u „Andijanets“ ikkinchi liga klubi tarkibida boʻlgan va shundan soʻng faoliyatini yakunlagan.

Yigirma yildan ortiq vaqt davomida „Paxtakor“ futbol maktabini boshqargan, keyin Oʻzbekiston chempionati oʻyinlari komissari boʻlgan.

1967/68-yilgi SSSR kubogi finalchisi.

Vladimir Shtern 2024-yilning 26-yanvar kuni vafot etdi[1][2][3].