Vladimir Riftin
Vladimir Aleksandrovich Riftin (1903.1(13).1, Sarapul sh., Udmurdiya — 1987.2.1, Toshkent] — teatr rassomi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1950). Harkov rassomlik institutini tugatgan (1928). 1941-yildan Oʻzbekistonda yashab ijod qilgan. R. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida Teatr dekoratsiyasi rassomligi kafedrasi tashkilotchilaridan (1954—80 yillar kafedra mudiri, 1980-yildan professor). R. har bir spektakl janr va xususiyatiga mos sahna bezaklari yaratishga intildi. "Qargʻa motkasi" (1947, P. Chaykovskiy), "Ulugʻbek" (1959, A. Kozlovskiy) operalari; "Balerina" (1952, G. Mushel), "Semurgʻ" (1957, B. Brovsin) baletlari; "Hurriyat" (1958, Uygʻun), "Fargʻona hikoyasi" (1959, T. Jalilov, B. Zeydman), "Toshbolta oshiq" (1960, M. Leviyev), "Mirzo Ulugʻbek" (1970, M. Shayxzoda) kabi drama va tragediyalar shular jumlasidan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |