Vittoria Ceretti
Vittoria Ceretti | |
---|---|
Ceretti 2016-yilda | |
Tavalludi |
Vittoria Ceretti 7-iyun 1998-yil Breshiya, Italiya |
Fuqaroligi | Italiyalik |
Kasbi | Moda modeli |
Faoliyat yillari | 2012-yildan hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi | Matteo Milleri (2020-2023, ajrashgan) |
Ota-onasi | Giuseppe Ceretti (ota), Francesca Lazzari (ona) |
Modellik | |
Boʻyi | 178 sm |
Vazni | 55 kg |
Soch rangi | Toʻq jigarrang |
Koʻz rangi | Yashil |
Agentlik | Elite Model Management |
Vittoria Ceretti (1998-yil 7-iyunda tugʻilgan) Italiyalik model.[1] Ceretti 2012-yilda "Elite Model Look" tanlovidan so'ng mashhurlikka erishgan. [2]2024-yilga qadar u 400 dan ortiq moda koʻrgazmalarida qatnashgan va uning surati Vogue xalqaro nashrlari muqovasida 23 marotaba chop etilgan.[3][4]
Hayot davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ceretti 1998-yilda Italiyaning Brescia shahrida tugʻilgan. U qurilish kompaniyalar egasi Juzeppe Ceretti va Francheska Lazzarilarning qizi hisoblanadi. [5]Ceretti 14 yoshida Italiyadagi Elite Model Look tanlovida qatnashdi va u yerda g'olib finalchi sifatida o'z karyerasiga ilk qadamni qo'yadi.[6]
Karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012–2017: Erta mashhurlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Elite Model Look tanlovida g'oliblikni qo'lga kiritganidan so'ng ko'pgina dizaynerlar unga qiziqish bildirishadi. Dast avval Ceretti Italiyaning Milan shahrida dizayner Kristina Tining ko'rgazmasida chiqish qiladi.[7]
Dolce & Gabbana tomonidan 2015 va 2016-yillarda tashkil etilgan kuz-qish go'zallik tanlovlarining yuzi sifatida tanlandi.[8]
2015-yilda Ceretti Armani brendining kuz-qish mavsumi yulduziga aylanadi.[9] O'sha yili u Alexander McQueenning 2017-yil bahor yozgi ko'rgazmalarida ham o'z faoliyatini olib boradi.[10]
2016-yil iyul oyida Ceretti Stiven Meysel tomonidan chop etilgan Vogue Italia jurnali muqovasida paydo boʻldi. Ushbu mashhurlikka erishgandan so'ng modelga Givenchy kampaniyasi ham qiziqish bildiradi.[11]
2018-yildan hozirgi kungacha: Mashhurlikka ko'tarilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]O'zining muvaffaqiyatidan so'ng, Ceretti moda sanoatida tom ma'noda ilhomlantiruvchi bo'ldi. Dolce & Gabbana uni go'zallik yo'nalishi uchun qabul qildi. Karl Lagerfeld esa ko'p qirraliligi uchun qadrladi va uni Fendi va Chanel shoulariga taklif etdi. 2018-yilda Ceretti Britaniyaning Vogue jurnalining muqovasida paydo boʻlib, moda sanoatining Katta toʻrtligini yakunlab berdi.[12]
2018-yilda u Tiffany & Co.ning kampaniyasi va Proenza Shoulerning "Arizona xushbo'yligi" kampaniyasining bir qismi edi. O'sha yili u Chanelning Coco Neige kampaniyasining yuzlaridan biri sifatida tanlandi. Vogue Italia ma'lumotlariga ko'ra, Ceretti 2018-yilda o'z veb-saytida eng ko'p qidirilgan model bo'lgan. 2019-yilda u Métiers d'Art shousida ishtirok etdi.[13]
2023-yilda Ceretti Chanel go'zallik bayrami tanlovining tanlangan modellaridan biriga aylanadi. 2024-yilda u Pucci brendining yangi "tashrif qog'ozi"ga aylanadi.
Ceretti, shuningdek, Vogue Germany, Vogue Spain, Vogue China, Glamour, Grazia va IO Donna jurnallarining muqovasida paydo bo'lgan.[14]
Shaxsiy hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vogue France nashriga bergan intervyusida Ceretti, agar u model sifatida karerasini boshlamaganida, u aktyorlik yoki psixologiyani o'rganishni maqsad qilganligini aytgan.[15] 2020-yil 1-iyun kuni Ceretti Ispaniyaning Ibiza shahrida italiyalik DJ Matteo Milleri bilan turmush qurdi. [16]Ammo ular 2023-yil iyun oyida ajrashishdi.[17]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Vittoria Ceretti Is the Ultimate Supermodel“ (en-US). ELLE (2024-yil 22-fevral). Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ Look, Elite Model „Model To Know: Vittoria Ceretti“ (en). Elite Model Look. Qaraldi: 2023-yil 20-may.
- ↑ https://models.com/models/vittoria-ceretti/year/shows
- ↑ VOGUEGRAPHY „Vittoria Ceretti“ (en). VOGUEGRAPHY (2017-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 27-dekabr.
- ↑ „Top Model più influenti del pianeta: c'è anche una ragazza bresciana“ (it). Brescia Today (2017-yil 15-fevral). Qaraldi: 2017-yil 20-aprel.
- ↑ https://www.repubblica.it/moda-e-beauty/2019/11/22/news/vittoria_ceretti_top_model_da_esportazione-342231653/
- ↑ „Top Model più influenti del pianeta: c'è anche una ragazza bresciana“ (it). Brescia Today (2017-yil 15-fevral). Qaraldi: 2017-yil 20-aprel.
- ↑ „Dolce&Gabbana anteprima video Make Up“ (it-IT). Vogue Italia (2015-yil 26-aprel). Qaraldi: 2023-yil 27-dekabr.
- ↑ Vasta, Serena „La campagna eterea e misteriosa di Giorgio Armani per l’autunno inverno 2015-2016“ (it-IT). Fashionblog (2015-yil 24-avgust). Qaraldi: 2023-yil 27-dekabr.
- ↑ Iorgi, Caterina Di „Fendi campagna pubblicitaria primavera estate 2017: protagoniste Gigi Hadid e Bella Hadid“ (it-IT). Fashionblog (2017-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 27-dekabr.
- ↑ Singer, Maya. „How Models Like Ashley Graham and Gigi Hadid Are Democratizing Fashion“ (en). Vogue (2017-yil 8-fevral). Qaraldi: 2017-yil 20-aprel.
- ↑ Eglon, Mark „Steven Meisel and Vittoria Ceretti Deliver the Glamor on Vogue Italia's July Cover (Forum Buzz)“ (en-US). theFashionSpot (2016-yil 8-iyul). Qaraldi: 2023-yil 27-dekabr.
- ↑ „Pucci continues its transformation with Vittoria Ceretti as muse“. Luxus Plus. Qaraldi: 2024-yil 16-aprel.
- ↑ „Model To Know: Vittoria Ceretti - Elite Model Look“ (en). Elite Model Look. Qaraldi: 2017-yil 20-aprel.
- ↑ Simon, Jade. „Five things to know about new face Vittoria Ceretti“ (en). Vogue Paris (2017-yil 1-mart). Qaraldi: 2017-yil 20-aprel.
- ↑ „Inside Model Vittoria Ceretti's Simple Seaside Wedding“. Grazia Magazine (2020-yil iyun).
- ↑ „Meet Vittoria Ceretti Husband: Is It True That The Pair Is Divorcing?“. Eduvast (2023-yil 7-sentyabr).