Kontent qismiga oʻtish

Vitren

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vitren (lot. vitrum — shisha) — qazilma koʻmirning asosiy tarkibiy qismlaridan biri. Kimyoviy tarkibi torflarning gʻumusli moddalariga oʻxshash. Yaltiroq, oʻsimlik toʻqimalarining kislorodsiz nam sharoitda chirishidan hosil boʻladi. V.da uglerod koʻp, qoʻngʻir koʻmirdan antratsitga oʻtishda tarkibidagi N, O va uchib ketadigan moddalar kamayib boradi. V. turli qalinlikdagi qatlam yoki linza holida uchraydi. V. koʻmirning eng kam kulli tarkibiy qismi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil