Kontent qismiga oʻtish

Vitim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vitim
Tavsif
Uzunligi 1 837
Maydoni 225 000 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Vitim

Vitim (yuqori qismida — Vitimkan) — Sharqiy Sibirdagi daryo, Lenaning yirik oʻng irmogʻi. Ikat tizmasining sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Uzunligi 1837km, havzasining maydoni 225 ming km2. Yuqori va oʻrta qismida janub-sharq va sharqdan Vitim yassitogʻlarini aylanib, quyi qismida esa Stanovoy togligi va Patom togʻligi oʻrtasidan oqib oʻtadi. Togʻlar orasidan chiqqach, daryo vodiysi kengayadi; quyilish joyida kattagina delta hosil qilgan. Vitim, asosan, yomgʻir, qisman qor va grunt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1520 m3/sek. Vitim noyabr boshlaridan mayning oʻrtalarigacha muzlab yotadi. Vitimda quyilish joyidan Bodaybo sharqgacha (300km) kema qatnaydi. Vitim havzasida oltin va slyuda konlari bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil