Vitaliy Bianki
Vitaliy Valentinovich Bianki Виталий Бианки | |
---|---|
Tavalludi |
30-yanvar 1894-yil |
Vafoti |
10-iyun 1959-yil (65 yoshda) Sankt-Peterburg Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi |
Kasbi | yozuvchi |
Faoliyat yillari | 1923—1954 |
Vitaliy Valentinovich Bianki (1894-yil 30-yanvar [11-fevral], Sankt-Peterburg— 1959-yil 10-iyun, Leningrad) — sovet yozuvchisi, bolalar uchun koʻplab asarlar muallifi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi — Valentin Byanki (1857—1920) — olim boʻlib, Fanlar akademiyasining Zoologiya muzeyining ornitologiya boʻlimida ishlagan[1]. Ma’lumki, Bianki sulolasi Rossiyada XIX asrning boshlarida paydo boʻlgan. Shajaraning bir shoxi italyan-shveysariyaga, ikkinchisi — nemis ildizlariga borib taqalardi. Vitaliyning bobosi mashhur opera xonandasi edi. Italiya boʻylab gastrol safari oldidan impresariosining iltimosiga koʻra u oʻzining nemis familiyasini oʻzgartirdi Vays (nemischa weiß „oq“ degan ma’noni anglatadi) Bianki (italyancha bianco ham „oq“ degani)[2].
Onasi — Klara Andreyevna (asli kelib chiqishi italiyalik Klara Emma Matilda Blank[3], ? — 1915 boʻlgan[4]).
U Petrograd universitetining fizika-matematika fakultetining tabiiy boʻlimiga oʻqishga kiradi[5].
Yoshligida Bianki Sankt-Peterburg futbol jamoalarida shahar chempionati oʻyinlarida toʻp suradi[6]. „Petrovskiy“ (1911), „Neva“ (1912), „Unitas“ (1913-1915, 1916-yil bahori) klublarida oʻynagan. 1913-yil Sankt-Peterburg bahor kubogi gʻolibi boʻladi.
1916-yil fevral oyida u obroʻ-e’tiborli maslahatchi Zinaida Aleksandrovna Zaxarevichning qiziga uylanadi.
1916-yilda armiya safiga chaqiriladi. Vladimir harbiy maktabining tezlashtirilgan kurslarini prapor (saroy qoʻshinida: eng kichik ofitser unvoni, shuningdek, ushbu unvonga ega boʻlgan shaxs) unvoni bilan tugatgach, u artilleriya brigadasiga yuboriladi.
1917-yilning fevral oyida u Zobitlar va ishchilar deputatlari Kengashiga saylanadi. Keyin eserlar partiyasiga qoʻshiladi. Saroy qishlogʻi (Sarskoye Selo) badiiy yodgorliklarini muhofaza qilish hay’atining a’zosi edi. 1918-yil bahorida u oʻz boʻlinmasi bilan birga Volga boʻyiga boradi. 1918-yil yoz oylarida Bianki Samaraning „Xalq“ gazetasida ishlay boshladi (1918-yil sentyabrdan—dekabrgacha sosialistik-inqilobiy Komuchning madaniy-ma’rifiy boʻlimi tomonidan chop etilgan).
Qizil Armiya qoʻshini kirib kelgandan keyin Bianki Samaradan badargʻa qilinadi va bir muncha vaqt Ufa, Yekaterinburgda, keyin yana Ufada, keyin Tomskda va nihoyat Biyskda qoʻnim topadi[7]. Bu yerda u Kolchak armiyasiga safarbar qilindi. U dezirtir boʻlgach, soxta nom ostida yashirinadi[5]. Oʻsha paytda, hujjatlarga koʻra, u Petrograd universiteti talabasi, Rossiya Fanlar akademiyasi Zoologiya muzeyining ornitolog-kollektori Vitaliy Belyanin edi. Bianki-Belyanin ikki familiya bilan umrining oxirigacha qoladi.
Bianki Biyskda Sovet hokimiyati oʻrnatilgandan soʻng, muzey qismida xalq ta’limi boʻlimida faoliyat olib boradi. Xalq ta’limi boʻlimida ishlab, muzey mudiri etib tayinlanadi. Keyinchalik III Komintern nomli maktabda oʻqituvchilik ham qilgan.
Bianki Biysk tabiat hqvaskorlari jamiyatining faol a’zosi boʻlgan, Oltoy xalq universitetida ornitologiya boʻyicha ma’ruza qilgan. Biyskda yashab, Buzoq (Teles) koʻliga ikkita ilmiy ekspedisiya uyushtiradi.
1920-yil oxirida u birinchi turmushidan ajraladi. Biyskda Bianki oʻrta maktabda (sobiq gimnaziya) biologiya oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Ushbu bilim oʻchogʻida u fransuz va nemis tillari oʻqituvchisi Vera Nikolayevna Klyujeva bilan tanishadi. 1921-yil 6-mayda ular ularning nikohi rasman qayd etiladi, 13-kuni ular mahalliy cherkovda turmush qurishadi.
1921-yilda Biysk FK (Favqulodda komissiyasi) tomonidan ikki marta hibsga olinadi va garovda uch hafta qamoqda asir sifatida oʻtirib chiqadi. 1922-yil sentyabr oyida u hibsga olinishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi va xizmat safari yuzasidan oilasi bilan Petrogradga joʻnaydi.
1923-yilda “Chumchuq” jurnalida oʻzining birinchi hikoyasi “Qizil boshli chumchuqning sayohati”[7], soʻngra “Kimning burni uzunroq?” kitobchasi nashrdan chiqadi.
1925-yilning oxirida Bianki yana hibsga olindi va mavjud boʻlmagan yashirin tashkilotda qatnashgani uchun Uralskda uch yillik surgunga hukm qilinadi. 1928-yilda koʻplab arizalar, shu jumladan G.G.Yagodaga murojaat qilgan M.Gorkiy tufayli u Novgorodga, keyin esa Leningradga koʻchib oʻtishga ruxsat oladi. 1932-yil noyabr oyida yana bir hibsga olish uyushtiriladi. Uch yarim hafta oʻtgach, u dalil-isbot yoʻqligi tufayli u yana ozod etiladi.
1935-yil mart oyida Byanki „zodagonning oʻgʻli, sobiq sosialistik-inqilobchi, sovet hukumatiga qarshi qurolli qoʻzgʻolonning faol ishtirokchisi“ sifatida yana qamoqqa olinadi va Oqtepa viloyatida besh yilga surgun etiladi. E.P.Peshkovning sharofoati tufayli surgun bekor qilinadi va Bianki ozod boʻladi. 1924-yildan — 1959-yil 10-iyungacha (surgun va evakuasiya bundan mustasno) Leningradda Vasilevskiy oroli, kichik prospekt, 4-uyda istiqomat qiladi[7].
Ayni shu davrlarda, ya’ni Ulugʻ Vatan urushi oldidan Vitaliy Byanki Leningraddagi uyida “adabiyot maktabi” tashkil etadi. Maktab oʻquvchilari Nikolay Sladkov, Aleksey Liverovskiy, Zoya Pirogova, Kronid Garnovskiy, Svyatoslav Saxarnov va boshqalar ta’lim olishgan, keyinchalik ular mashhur yozuvchilar boʻlishgan. V.V.Byanki mashhur seleksioner-olim va yozuvchi N.Pavlovaning boshligʻi va ustozi boʻlgan[8]. „Oʻrmon gazetasi“ kitobining toʻqqizinchi nashrida V.Bianki N.Pavlovaning 28 ta hikoyasini chop etadi.
Ulugʻ Vatan urushi yillarida V.Byanki yurak xastaligi tufayli armiyaga chaqirilmadi, Uralga evakuasiya qilinadi, keyin Leningradga qaytadi[7].
Hayotining soʻnggi pallalarida u juda ogʻir xastaliklarni boshidan kechiradi. 1949-yilda u yurak xurujiga (infarkt) uchraydi, keyin esa ikki marta insultga chalinadi. Tizimli qon tomir kasalligi uning oyoqlarida kuchli ogʻriqlarga sabab boʻlib, uni yurish qobiliyatidan deyarli butunlay mahrum qiladi. 1950-yillarda u „Oʻrmondan xabarlar“ oylik bolalar radio dasturini tayyorlashda ishtirok etadi[9]. 1959-yil 10-iyunda bu yorugʻ olamni tark etadi. U diniy qabristonga dafn qilindi. Haykaltarosh Jermen Mellupning qabr tosh ishlari federal (umumrossiya) ahamiyatga ega boʻlgan tarixiy va madaniy meros ob’ektlari roʻyxatiga kiritilgan[10].
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Biysk oʻlkashunoslik muzeyiga V.V.Byanki nomi beriladi.
- Buyuk Novgorod, Rostov-na-Don, Osa, Borovichi shaharlari va Charishskiy qishlogʻidagi koʻchalar uning nomi bilan atalgan.
- Koʻpgina ommaviy bolalar kutubxonalari V.V.Byanki nomi bilan yuritiladi (Novosibirsk, Moskva, Nijniy Novgorod, Velikiy Novgorod, Perm).
- 2008-yil iyul oyida aholining ixtiyoriy xayr-ehsonlari boʻyicha Bianki xotirasiga bagʻishlanib, Finlandiya koʻrfazining qirgʻoq boʻyida, Lebyaje qishlogʻi hududida, umumiy maydoni 20,1 gektar boʻlgan „Bianki dalasi“ muhofazaga olingan tabiiy landshaft Rossiyada birinchi munisipal qoʻriqlanadigan hudud yaratildi[11].
- 2019-yil 9-yanvarda Rossiya banki “Rossiyaning Buyuk shaxsi” nominal qiymati 2 rubl boʻlgan “Yozuvchi V.V. Byanki tavalludining 125 yilligi (02.11.1894) munosabati bilan” esdalik kumush tangasini muomalaga chiqaradi[12].
- 2019-yilda Vitaliy Byanki tavalludining 125 yilligi munosabati bilan pochta markasi bosilgan badiiy markirovka konverti bosib chiqariladi.
- Biysk shahrida 4-sonli maktab uning sharafiga nomlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Бианки Е. В. «Я бы выбрал Алтай…»: Предисловие к книге В. В. Бианки «Удивительные тайны» (Wayback Machine saytida 2017-06-01 sanasida arxivlangan).
- ↑ Как родилась династия?: Памяти Валентина Бианки (Wayback Machine saytida 25-iyul 2021-yil sanasida arxivlangan) // ШколаЖизни.ру — Раздел «Биографии».
- ↑ Ерёмин В. Глава 79: Виталий Валентинович Бианки (Wayback Machine saytida 2-noyabr 2022-yil sanasida arxivlangan).
- ↑ „Главная → Каталог → Авторы → Бианки Виталий Валентинович“. 11-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ 5,0 5,1 Ушакова О. Великие писатели. — Litres, 2018. — ISBN 978-5-0413-9969-6.
- ↑ Лукосяк Ю. П.. История петербургского футбола. СПб.: Союз художников, 2011. ISBN 978-5-8128-0111-3.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 Кто есть кто в мире. — ОЛМА Медиа Групп, 2003. — ISBN 978-5-8123-0088-3.
- ↑ Детская писательница Нина Михайловна Павлова (Wayback Machine saytida 2-noyabr 2022-yil sanasida arxivlangan) // donvrem.dspl.ru
- ↑ Советское общество в воспоминаниях и дневниках. — Т. 8: Литературная жизнь СССР. — Litres, 2019. — ISBN 978-5-0417-5771-7.
- ↑ „Бианки Виталий Валентинович (1894—1959)“. funeral-spb.ru. 2016-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-mart 2016-yil.
- ↑ „Поляна Бианки“. oopt.aari.ru. ООПТ России. 30-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2019-yil.
- ↑ О выпуске в обращение серебряной монеты номиналом 2 рубля «Писатель В. В. Бианки, к 125-летию со дня рождения (11.02.1894)» серии «Выдающиеся личности России», Банк России
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Детская литература“, Большая советская энциклопедия, 2-е изд 300000 экз, М.: Большая советская энциклопедия, 1952.
- Бианки В. В., Федяева Т. А. Виталий Бианки. — М.: Молодая гвардия, 2021. — 298[6] с.: ил. — (Жизнь замечательных людей)
- Гроденский Г. Виталий Бианки. — М.—Л., 1954.
- Жизнь и творчество В. Бианки: Статьи, воспоминания, публикации, письма. — Л., 1967.
- Лексикон русской литературы XX века = Lexikon der russischen Literatur ab 1917 / В. Казак ; [пер. с нем.]. — М. : РИК «Культура», 1996. — XVIII, 491, [1] с. — 5000 экз. — ISBN 5-8334-0019-8.
- Лебедев Вс. Виталий Бианки // Литературная газета. — 1934. — 10 мая. (фотографическое изображение текста статьи)
- Кобак А. В., Пирютко Ю. М. „Исторические захоронения на Богословском кладбище“, . Исторические кладбища Санкт-Петербурга, 2-е изд., дораб. и испр, М.: Центрполиграф, 2011. ISBN 978-5-227-02688-0.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yozuvchilar haqida: Bianki // BiblioGuide.
- Goryashko A. Bianki oilasining bolalar va kattalar ertaklari .
- Ponomareva V. Nima uchun Sovet hukumati bolalar yozuvchisi Vitaliy Byankini ta'qib qildi?
- Bianki tarjimai holidagi Oltoy izi // irbis . asu . uz
- Vitaliy Bianki: Dosye // 2 kun . uz
- Vitaliy Bianki: Biografiya // bolalar kutubxonasi . wordpress . com
- „Писатели нашего детства“. tvkultura.ru. Культура. 2020-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.