Virtual zarralar
Virtual zarralar (maydonlarning kvant nazariyasida) — qisqa vaqt D davomida mavjud boʻluvchi oraliq holatdagi zarralar. Ular xuddi real zarralar kabi kvant sonlarspin, elektr hamda barion zaryadlar va b. ga ega boʻlsa ham, ushbu zarralar uchun energiyasi Ye, impulsi r va massasi t orasidagi (real zarralar uchun oʻrinli boʻlgan) odatdagi bogʻlanish bajarilmaydi: Eh^pV+m^4. Bunday buzilish holatining mavjudligi V. z. energiyasi va ularning mavjud boʻlish vaqti D/ orasidagi kvant noaniqliklar munosabati At~h/E (bunda h — Plank doimiysi)dan kelib chiqadi. V. z.ning yashash umri juda qisqa boʻlganligi uchun, bu hol oʻz navbatida V. z.ni tajribada qayd qilishga xalaqit beradi, shuning uchun ham V.z. oraliq vaziyatlarda mavjud boʻladi. V. z. oʻzaro taʼsirning tashuvchilari vositalaridir. Mas., ikkita elektronning oʻzaro taʼsiri bir elektronning virtual fotonni chiqarishi va ikkinchi elektron tomonidan uning yutilishidan iboratdir. Yuqori energiyali adronlar bir-birlari bilan V. z. majmuasi vositasida taʼsirlashadilar. Ushbu oʻzaro taʼsir paytida V. z. yutilishi va chiqarilishi impuls va energiya orasidagi bogʻlanishning buzilishisiz yuz bermaydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |