Virtual yordamchi
Virtual yordamchi (VA) dasturiy ta'minot agenti boʻlib, foydalanuvchi kiritgan buyruqlar yoki savollar asosida foydalanuvchi uchun bir qator vazifalar yoki xizmatlarni bajarishi mumkin. Bunday texnologiyalar koʻpincha foydalanuvchilar bilan muloqotni osonlashtirish uchun xizmat qiladi. Oʻzaro aloqa matn, grafik interfeys yoki ovoz orqali boʻlishi mumkin – chunki baʼzi virtual yordamchilar inson nutqini talqin qilishlari va sintez qilingan ovozlar orqali javob berishlari mumkin.
Koʻp hollarda foydalanuvchilar oʻzlarining virtual yordamchilariga savollar berishlari, uyni avtomatlashtirish qurilmalari va media boshqarishlari hamda elektron pochta, ishlar roʻyxati va kalendarlar kabi boshqa asosiy vazifalarni boshqarishlari mumkin va barchasi ogʻzaki buyruqlar yordamida boʻladi.[1] Soʻnggi yillarda toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanilayotgan virtual yordamchilar Apple Siri, Amazon Aleksa, Google Assistant, and Samsung Bixby hisoblanadi.[2] Bundan tashqari, turli sohalardagi kompaniyalar koʻpincha oʻzlarining mijozlarga xizmat koʻrsatish yoki qoʻllab-quvvatlash tizimiga virtual yordamchi texnologiyasini ulab qoʻyadilar.[3]
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Radio Rex birinchi ovozli yordamchi boʻlib, 1916 yilda patentlangan va 1922 yilda ommaga taqdim etilgan.[4] Yordamchi it shaklidagi yogʻoch oʻyinchoq edi va uning ismi aytilganda, uyidan chiqardi.
1952-yilda Bell laboratoriyasi raqamlarni avtomatik aniqlash mashinasi „Audrey“ni taqdim etdi. Mashina olti fut balandlikdagi, katta quvvat sarflagan, kabel oqimlariga ega va murakkab vakuum-trubka sxemalari bilan bogʻliq koʻplab texnik muammolarni koʻrsatgan. U nutqning asosiy birliklari, fonemalarni taniy olardi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hoy, Matthew B. (2018). „Alexa, Siri, Cortana, and More: An Introduction to Voice Assistants“. Medical Reference Services Quarterly. 37-jild, № 1. 81–88-bet. doi:10.1080/02763869.2018.1404391. PMID 29327988. S2CID 30809087.
- ↑ „Siri vs Alexa vs Google Assistant vs Bixby: Which one reigns supreme?“. Android Authority.
- ↑ „The Magic of Virtual Assistants and Their Impact on Customer Service“.
- ↑ Markowitz, Judith „Toys That Have a Voice“. SpeechTechMag.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |