Kontent qismiga oʻtish

Virgatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Virgatsiya, burmalar virgatsiyasi (lot. virga — tarmoqlanish) (geol.) — togʻ jinslari burmalarining yelpigʻichsimon tarmoqlanishi. V., odatda, burmalangan zonaning choʻkishidan va burmalanishning tugallanishidan paydo boʻladi. V.ni fanga E. Zyuss( 1885) kiritgan. V., odatda, burmalangan togʻ tizmalarining tugayotgan joylarida yaqqol koʻrinadi. V.ga Shim. Tyanshanning garbiy chekkasidagi Chu-Ili, Karatov va Chatqol tizmalarining yelpigʻichsimon burmalari, HisorOlay togʻ sistemasining gʻarbidagi Nurota togʻlari, Tojikiston depressiyasi va Darvoz burmalarining yelpigʻichsimon tarmoqlanishi misol boʻladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil