Vintsimon tishli uzatma
Qiyofa
Vintsimon tishli uzatma (mashinasozlikda) — oʻzaro muayyan (odatda, 90°) burchak ostida joylashgan, ammo bir nuqtada kesishmaydigan vallar orasida harakat uzatuvchi mexanizm. Aylanma harakatni ikkinchi valga uzatib beruvchi va aylanma harakatni ilgarilama harakatga aylantirib beruvchi xillari bor. Birinchisi ikkita vintsimon tishli gʻildirakdan, ikkinchisi vintsimon tishli gʻildirak bilan tishli reykadan iborat. Vintsimon tishli uzatma asosan asboblarning kinematik zanjirlarida qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |