Vinilatsetat
Qiyofa
Vinilatsetat, CH3COOCH=CH2 — sirka kislotaning vinil efiri; rangsiz suyuqlik. Molar massasi 86,09, qaynash harorati 73°, zichligi 934,2 kg/m3 (20°da). Oddiy organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda eruvchanligi 2,0—2,4 %. Sanoatda vinilatsetat palladiy tuzlari ishtirokida, kislorodli muhitda sirka kislotaga etilen taʼsir ettirib olinadi. Polimerlash yoʻli bilan vinilatsetatdan plastmassa, lok, yelim va organik shisha tayyorlashda ishlatiladigan polivinilatsetat olinadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil