Kontent qismiga oʻtish

Viktoriya (koʻl)

Koordinatalari: 1°0′0″S 33°0′0″E / 1.00000°S 33.00000°E / -1.00000; 33.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Victoria
inglizcha: Lake Victoria, Victoria Nyanza
1°0′0″S 33°0′0″E / 1.00000°S 33.00000°E / -1.00000; 33.00000
MamlakatlarTanzania Tanzania
Keniya Keniya
Uganda Uganda
Yuzasi59 947 km²
Hajmi2 424 km³
Tushuvchi daryoKagera
Oqib chiquvchi daryoOq Nil

Victoria (Viktoriya) yoki Nyanza-Viktoria, Ukereve — Ekvatorial Afrikadagi chuchuk suvli koʻl. Tanzania, Kenya va Uganda hududlarida. Dengiz sathidan 1134 m ba-landlikdagi Sharqiy Afrika tektonik bukilmasidajoylashgan. Maydoni 68 ming km² (kattaligi jihatidan dunyoda 2-oʻrinda turadigan chuchuk suvli koʻl), uz. 320 km, eni 275 km. Oʻrtacha chuq. 40 m, eng chuqur joyi 80 m. Victoria — Viktoriya suv omborining bir qismi. Qirgʻoq chizigʻining uz. 7 ming km dan ortiq; qulay qoʻltiqlari koʻp, yarim orol, orol va buxtalar bor. Koʻl atrofi baland tekislik. Victoriaga quyiladigan daryolardan eng kattasi Kagera. Koʻlga yiliga oʻrta hisobda 114 km3 suv yigʻiladi (16 km3 daryolardan, 98 km3 yogʻindan). Oq nil daryosi Victoriadan yiliga 21 km3 suv olib chiqadi, koʻldan 93 km3 suv buglanadi. Victoria suvi GES toʻgʻoni orqali tartibga solib turiladi. Victoriada boʻronlar boʻlib turadi. Koʻlda baliq koʻp, qoʻltiq va daryolarning quyilish joylarida timsohlar uchraydi. Sohilida odam va hayvonlarda tripanosomoz kasalligini tarqatuvchi sese pashsha tarqalgan. Kemachilik rivojlangan. Yirik portlari: Entebbe (Uganda), Mvanza, Bukoba (Tanzaniya), Kisumu (Keniya). Rubondo o.da milliy park tashkil etilgan. Victoriani 1858 yilda ingliz sayyohi J. Spik yevropaliklarga maʼlum qilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil