Kontent qismiga oʻtish

Vikkers usuli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sinov uskunasi

Vikkers usuli - metallurgiyada materiallarning qattiqligini aniqlash usullaridan biri. Bu usulda material sirtiga toʻrt qirrali piramida shaklidagi olmos uchlik botiriladi, taʼsir ettirilgan kuchning sirtda piramida qoldirgan izi yuziga nisbati namunaning Vikkers boʻyicha qattiqligi boʻladi va HV bilan belgilanadi. Botirish kuchi sinalayotgan buyumning qattiqligi yoki qalinligiga qarab tanlanadi (50, 100, 200, 300, 500, 1000 N). V.u. boʻyicha qattiqlik, qattiqlik oʻlchagich bilan aniqlanadi. U sinashni statsionar sharoitda oʻtkazishga va botirish izining har ikki diagonalini 1 mkm xatolikkacha (oʻlchash mikroskopi bilan) oʻlchashga imkon beradi. V.u. metall va qotishmalarning yupqa yuza qatlamlari, yupqa listlar qattiqligini aniqlash uchun juda qulay hisoblanadi.[1]

Sxema

Vikkers usuli - metallurgiyada materiallarning qattiqligini aniqlash usullaridan biri. Bu usulda material sirtiga to`rt qirrali piramida shaklidagi olmos uchlik botiriladi, taʼsir ettirilgan kuchning sirtda piramida qoldirgan izi yuziga nisbatan namunaning Bikkers bo`yicha qattiqligi va HV bilan belgilanadi. Botirish kuchi sinalayotgan buyumning qattiqligi yoki qalinligiga qarab tanlanadi (50, 100, 200, 300, 500, 1000 Н). Bu usul metall va qotishmalarning yupqa yuza qatlamlari, yupqa listlar qattiqligini aniqlash uchun juda qulay hisoblanadi.

Shuningdek, qarang

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil