Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Pilorostenoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): SanjarStamov (munozara) 14:55, 21-Avgust 2023 (UTC)

Bu maqola bolalarda uchrovchi kasallik haqida boʻlib, bolalar xirurgiyasi sohasida eng koʻp kuzatiladigan kasalliklardan biri hisoblanadi. Shuningdek klinik belgilari va asoratlari oʻta tez rivojlanishi bilan boshqa kasalliklardan ajralib turadi. Ushbu nomzod qilib koʻrsatilayotgan maqola bilan tanishib chiqasiz degan umiddaman va maqola haqidagi fikrlaringizni kutib qolaman. Rahmat! Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli, Panpanchik, Salazarov, Diwikiped, Humoyun Qodirov, Kamol Azzam, Khasan azim1, Anjaniy, Mrshaxas, Abdufattohov Ibrohimjon, Boboyev1996 SanjarStamov (munozara) 14:55, 21-Avgust 2023 (UTC)

12 va 13-manbalar bir xil ekan ularni ref name ga olish kerak. Agarda yana 2 ta bir xil manba boʻlsa ref name ga olganingiz maʼqul. MrShaxas #Munozaracha 15:00, 21-Avgust 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Siz aytgan kamchilik tuzatildi va barcha manbalar bir xil emasligi tekshirib chiqildi. SanjarStamov (munozara) 16:30, 21-Avgust 2023 (UTC)
Bilaman, kam mehnat boʻlmagan. Bu yer retsenziya sahifasi emasda endi. Hechboʻlmaganda soʻnggi XM statusini olgan maqolalarni koʻrib chiqib, ularga bildirilgan jiddiy kamchiliklarni oʻrganib chiqish kerakey. — Kagansky munozara 19:04, 21-Avgust 2023 (UTC)
Oʻrganib chiqmoqdaman. Lekin siz ham kamchiliklar aynan maqolaning qayerida ekanligini aytsangiz tezroq kamchiliklarni bartaraf etgan boʻlar edim. SanjarStamov (munozara) 15:34, 22-Avgust 2023 (UTC)
Kagansky Nufuzli manbalar bilan tasdiqlanmagan abzatslarga manbalar qoʻshildi. Yana kamchiliklar boʻlsa habar bersangiz toʻgʻirlashga harakat qilaman. SanjarStamov (munozara) 09:00, 23-Avgust 2023 (UTC)

Hasan Alimovdan fikrlar

[manbasini tahrirlash]
  1. Ismlar aslidagidek yozilishi kerak
  2. Enwikida 25ta manba, sizni maqolangizda 24ta. Bitta manba qayoqqa ketdi?
  3. Snoskalar joy-joyiga qoʻyilmagan. — Hasan Alimov (Munozara) 10:25, 27-Avgust 2023 (UTC)
    1. Olim ismidagi kamchilik tuzatildi.
    2. Bilgi quti va rasmda yozilmay qoldirilib ketilgan manbalar qo`shildi
    3. Snoskalar joylashuviga ham o`zgartirishlar kiritildi.
    SanjarStamov (munozara) 22:02, 27-Avgust 2023 (UTC)
    Snoskalar joylashuvidagi muammo hali ham bartaraf etilmagan. Yaxshilab tekshirib chiqing. Hasan Alimov (munozara) 11:45, 29-Avgust 2023 (UTC)
    Qayta ko`rib chiqishingizni so`rayman. Maqola yana tahrirlandi. Qayta ko`rib chiqish davomida eng wikida mavjud bo`lmagan va men tomondan q`shilgan manbalarga ham chalgimasligingizni so`rayman. Aks holda yana engwiki bilan mos kelmaydigan holatga duch kelishingiz mumkin. SanjarStamov (munozara) 15:06, 29-Avgust 2023 (UTC)

Qoʻshimcha fikrlar

[manbasini tahrirlash]

Avvalo ajoyib va tibbiyotga oid maqola uchun muallifga tashakkur. Lekin maqolangiz oddiy tibbiyotdan bexabar inson uchun juda tushunarsiz yozilgan. Ayrim terminlar qolib oddiy soʻzlarga wikilink berib chiqqansiz. Ehtimol kerakli terminlarni linklash kerakdir?

„'''Ramstedt''' usuli“ deb yozilgan ichki wikilinkli jumlada nimani nazarda tutgansiz?

Kavkazlarda 1000 ta tirik tugʻilgan chaqaloqqa 2,4, ispanlarda 1,8, qora tanlilarda 0,7, osiyoliklarda 0,6 tani tashkil qiladi. bu jumla juda gʻaliz. Kavkaz bu ayni bir hudud maʼnosida qoʻllangan lekin siz ayni bir xalq oʻlaroq tushuntirmoqchisiz. Tushunarsizlik yuzaga kelgan.

Bir oylik chaqaloqda operatsiyadan 30 soat keyingi, vertikal piloromiyotomiyadan qolgan chandiq. jumla gʻaliz chiqqan. Boshqa rasmlar izohlari ham tahrirga muhtoj.

Va yana kichik qoʻshimcha: pH darajasi u gap boshida kelsa ham kichik p bilan yozilgani maqul.

Hozircha koʻzim ilgʻagan xatoliklar shular.PanPanChik #yozish 14:00, 27-Avgust 2023 (UTC)

Ramstedt usulidagi jarrohlik amaliyoti nazarda tutilgan edi va wikilink engwikidagidek qilib tuzatildi.
Tibbiy terminlarni yana bir koʻrib chiqilib, wikilinklar qoʻshildi.
Men ham pH deb yozilishi tarafdoriman, xat boshi boʻlgani uchun katta harflarda yozilgan edi va kichik harfga almashtirildi.
Kavkaz emas Kavkazliklar boʻlishi kerak ekan va bu xato ham tuzatildi.
Rasmlardagi izohlar qayta tahrirlab chiqildi.
Tibbiyotdan bexabar insonlar ham koʻproq ma`lumot ola olishlari uchun, ayrim terminlarni barcha tushunadigan soʻzlarga almashtirishga harakat qildim. Hozircha siz sanab oʻtgan kamchiliklar tuzatildi deb oʻylayman va qoldirgan fikringiz uchun rahmat aytaman. SanjarStamov (munozara) 22:56, 27-Avgust 2023 (UTC)

#  Qarshiman. XM kriteriylariga mos emas. — Kagansky munozara 18:59, 21-Avgust 2023 (UTC) Barcha abzatslar manbalar bilan tasdiqlangani uchun hozirchalik ovozimni qaytib oldim. — Kagansky munozara 06:21, 26-Avgust 2023 (UTC)

 Bajarilmadi — 14 kundan ortiq vaqt davomida birorta ham ovoz ololmadi. Jamshid Nurqul (munozara) 13:54, 5-Sentabr 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.