Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Darya Dugina
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Assalomu alaykum, Vikipediya ahli! Ushbu maqola Inglizcha va Ruscha Vikipediyadagi maʼlumotlar asosida tarjima qilingan holda yaratilgan. Maqoladagi har bir keltirilgan faktlar manbalar bilan tasdiqlangan. Maqolada xatoliklarga guvoh boʻlsangiz, iltimos, tuzatishga yordam bering, yohud xatolik haqida xabar bering. Iltimos, ushbu maqola uchun oʻz ovozingizni ayamasangiz. Father of Angels (munozara) 18:03, 18-Oktabr 2022 (UTC)
- Ushbu maqola ruwikidagi "Убийство Дарьи Дугиной" (oʻzbekcha: Darya Duginaning o'ldirilishi) maqolasiga bog'langan. Agar bu maqola ruschadagi yuqorida ko'rsatilgan maqoladan tarjima qilingan bo'lsa, unda, ushbu maqolaning nomini o'zgartirish kerak. Shu masalaga oydinlik kiritingiz. Jamshid Nurqul (munozara) 06:48, 19-Oktabr 2022 (UTC)
- Assalomu alaykum, Jamshid Nurkulov. Ushbu maqola enwikida Darya Dugina RuWikida esa siz aytganingizdek. Ushbu ikki maqola ovoz berish yo'li orqali birlashtirilgan. Ushbu havola bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Father of Angels (munozara) 09:01, 19-Oktabr 2022 (UTC)
- Tushunarli, rahmat, keyinroq maqola imlosini ko'rib chiqib fikr bildiraman. Jamshid Nurqul (munozara) 09:25, 19-Oktabr 2022 (UTC)
- Salomat boʻling, benihoyat minnatdorman! Father of Angels (munozara) 10:30, 19-Oktabr 2022 (UTC)
- Tushunarli, rahmat, keyinroq maqola imlosini ko'rib chiqib fikr bildiraman. Jamshid Nurqul (munozara) 09:25, 19-Oktabr 2022 (UTC)
- Assalomu alaykum, Jamshid Nurkulov. Ushbu maqola enwikida Darya Dugina RuWikida esa siz aytganingizdek. Ushbu ikki maqola ovoz berish yo'li orqali birlashtirilgan. Ushbu havola bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Father of Angels (munozara) 09:01, 19-Oktabr 2022 (UTC)
Izohlar
[manbasini tahrirlash]Maqolada ayrim tushunarsiz uzun gaplar bor:
1. "Ponomarevning Meduza nashriga bergan intervyusida muxbir va intervyu muharriri sifatida qatnashgan Svetlana Reiter Ilyaning Rossiya MRAsi haqidagi daʼvolari, Putinning Dumadagi faoliyati va boyligining manbasi haqidagi daʼvolariga shubha bilan qarashlarini bildirishadi[56][57]. Meduza bosh muharriri Kevin Rothrock Ponomarevning yaxlitligi, MRA mavjudligini shubha ostida ekanligini hamda Dugin ham, Dugina ham nishonga olinmasligi kerak boʻlgan „tinch aholi“ boʻlishganini taʼkidlaydi[58]."
Bu yerda keltirilgan "yaxlitligi" so'zi jips, bo'linmas, ma'nolarida kelyaptimi? Juda tushunarsiz. Inson qanday qilib yaxlit yoki bir to'da bo'lishi mumkin?
2. "Deutsche Wellening Kiyevdagi muxbiri Roman Goncharenko guruh haqida „javobdan koʻra savollar koʻp“ va guruhning hayoliy manifestida „biz kabi kurashing, biz bilan kurashing, bizdan yaxshiroq kurashing!“ (ruscha: боритесь как мы, боритесь вместе с нами, боритесь лучше нас!) soʻzlari bilan belgilan shiori Sharqiy Germaniya va Sovet Ittifoqida 1991-yilgacha efirga uzatilgan Deutscher Fernsehfunk bolalar telekoʻrsatuvi (nemischa: Mach mit, mach’s nach, mach’s besser)dagi soʻzlarga oʻxshash ekanligini taʼkidlaydi[61]." birinchidan "hayoliy" emas, "xayoliy" bo'ladi; ikkinchidan bu yerda xayoliy so'zi o'rniga "iddao qilinayotgan" jumlasini qo'yish maqsadga muvofiq. Jamshid Nurqul (munozara) 10:40, 31-Oktabr 2022 (UTC)
- Assalomu alaykum, Jamshid Nurkulov! „Xayoliy“ jumlasida xato qilganim rost. Lekin, qolgan izoh va iddaolaringizni qabul qila olmayman. Siz o'z fikrlash doirangizdan kelib chiqib fikr bildirmoqdasiz. Tanqidlaringiz o'rinsiz. MaxiMillian (talk) 13:54, 31-Oktabr 2022 (UTC)
- Yaxlitligi so'zi betaraflik, u tomonga yoki bu tomonga og'masdan, bo'linmasdan yaxlik, yakka pozitsiyada bo'lganini bildiradi. Xayoliy manifest esa, bu o'ylab topilgan manifest. Jumla o'z o'rnida qo'llanilgan. MaxiMillian (talk) 14:00, 31-Oktabr 2022 (UTC)
- Yaxlit so'zi "betaraflik" ma'nosida kelishini qayerdan oldingiz? Men hech bir izohli lug'atda "yaxlit" so'zining "betaraflik" ma'nosida kelganini ko'rmaganman. Jamshid Nurqul (munozara) 14:13, 31-Oktabr 2022 (UTC)
- "Yaxlit" va "hayoliy" men ko'rsatgan xatolar, xolos. Aslida gaplaringizda xatolar ko'p. Yaxshilab qayta o'qib chiqing. Maqola tarixiga ham qarang, qanday o'zgarishlar qilingan. Jamshid Nurqul (munozara) 21:00, 31-Oktabr 2022 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]Bajarilmadi — ikki hafta davomida maqolaga hech kim ovoz bermadi. Maqoladagi uslubiy xatolar tuzatilmadi, maqolaning asosiy muallifi soʻz yasashdagi nonsens iddaolariga manba koʻrsatmadi. Jamshid Nurqul (munozara) 08:02, 2-Noyabr 2022 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.