Vikipediya:Xulosa chiqaruvchi
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Xulosa chiqaruvchi — sahifalarni oʻchirishga imkon beruvchi texnik bayroq. Xulosa chiqaruvchilar VP:TOʻMning deyarli barcha mezonlari asosida sahifalarni oʻchirishlari va VP:OʻCHning oddiy nominatsiyalarida xulosa chiqarishlari mumkin.
Statusni tayinlash qoidalari
[manbasini tahrirlash]Xulosa chiqaruvchi statusi maqolalarni oʻchirish talablarini biladigan, tushunadigan va Vikipediya qoidalari bilan tanish boʻlgan roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilarga berilishi mumkin.
Xulosa chiqaruvchi statusini olish uchun nomzodlik muhokama qilinadigan Vikipediya:Soʻrovlar/Xulosa chiqaruvchi sahifasida soʻrov qoldirish kerak.
Nomzod quyidagi talablarga javob berishi shart:
- Vikipediyaning oʻzbek tilidagi boʻlimida kamida 6 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak;
- Kamida 1000 ta tahrir qilgan boʻlishi kerak;
Muhokama bir hafta davom etadi. Xulosa chiqaruvchi statusi administratorlardan biri tomonidan foydalanuvchiga beriladi.
Status berilmagan taqdirda, munozara yopilganidan 3 oy oʻtganidan soʻng qayta murojaat qilish tavsiya etiladi. Bunday holda, foydalanuvchi oldingi soʻroviga havola berishi kerak.